Yangiliklar

TATU Kompyuter tizimlari kafedrasi tayanch doktoranti Ochilov Temur Dilshodovich Amerika Qo'shma Shtatlaridagi Binghamton universitetining School of Computing (SoC) doktorantura (PhD) dasturiga qabul qilinib, 100% lik $50,000 miqdoridagi grant sohibi bo'ldi!

Menu | 11-09-2024 | 17:19

Binghamton universiteti bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o'rtasida aloqalar 2022-yilda o'rnatilib, ikki tomonlama hamkorlik qilishga kelishib olingan edi. TATU bitiruvchisi Ergashev Ulug'bek ham Binghamton universiteti School of Computing (SoC)da doktorlikga nomzod hisoblanadi.

O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Xalqaro informatika olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘ldi.

Menu | 09-09-2024 | 09:49

O'zbekiston terma jamoasi Misrda o'tkazilgan informatika bo'yicha 36-xalqaro olimpiadada qatnashdi. Jamoamiz a'zolari 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etgan olimpiadada sovrinli o‘rinni qo'lga kiritishdi.

TATUga Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig’i Abdullayev A’zam Abdushukurovich, Boshliq o'rinbosari Chorshanbiyev Jasur Xurramovich hamda Raqamli texnologiyalar sohasida nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Ashirbayev Ermat Azimovich tashrif buyurishdi.

Menu | 09-09-2024 | 09:46

Uchrashuvda professor-o'qituvchilar va mutaxassislar uchun almashinuv dasturlarini hamda malaka oshirish kurslari dasturlarini ishlab chiqish, hamkorlikda laboratoriya tashkil etish va unda soha uchun malakali kadrlarni tayyorlash, talabalar o'rtasida  malaka oshirish dasturlarini amalda tadbiq etish va ilmiy tadqiqot yo'nalishlarida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga kelishildi.

TATU ITMade jamoasi Turkiya davlatining “TEKNOFEST 2024” xalqaro tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha, O'zbekiston nomidan finalda qatnashmoqda.

Menu | 09-09-2024 | 09:34

2024-yilning 5-8-sentyabr kunlari Turkiya davlatining Antaliya shahrida bo'lib o'tayotgan final bosqichida "Baykar technology" kompaniyasi texnologiyalar bo'yicha bosh direktori Selçuk Bayraktar ham qatnashmoqda.

TATU ITMade jamoasi Turkiya davlatining “TEKNOFEST 2024” tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha, 100 dan 96.5 ball to‘plab final bosqichiga chiqdi.

Menu | 09-09-2024 | 09:29

🇹🇷 “TEKNOFEST 2024” tanlovining final bosqichi 2024-yilning 5-8-sentyabr kunlari Turkiya davlatining Antaliya shahrida tashkil qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, unversitetimizning iqtidorli talabalari Kompyuter injiniring fakulteti talabasi Xamidjonov Zuhriddin Xusniddin o‘g‘li va Televizion texnologiyalari fakulteti talabasi Vahhobov Sardor Akbar o’g’li hamda “Teleradioeshittirish tizimlari” kafedrasi (PhD) tayanch doktorantura talabasi Rixsivoyev Mohirjon Alisher o‘g‘li final bosqichida qat

TATU talabalarni turar joy bilan qamrab olishga qanday tayyorgarlik ko‘rgan?

Menu | 05-09-2024 | 10:46

3-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, talabalarni universitet turar joyi va ijara xonadonlariga joylashtirish ishlari borishini ko‘zdan kechirdi.