Joriy yilning 4-mart kuni Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali katta majlislar zalida filial direktori A.Rasulov va ''Kompyuter injiniringi" fakulteti 3-bosqich talabalari o'rtasida ochiq suhbat bo'lib o'tdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniringi fakulteti Oliy matematika kafedrasi professor-o‘qituvchilari Bektemir tumanidagi 289-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchilari ishtirokida "Master klass" mashg‘ulotlari tashkil qilindi.
Joriy yilning 26-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida professor-o'qituvchilar hamda xodimlar Samarqand viloyati hokimligi Din ishlari qo‘mitasi rahbari - Boymuradov Soxibnazar Mardonovich bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat g‘oyasiga asosan, yoshlarni aqidaparastlik oqimlari ta’siridan saqlash va missionerlikka qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga IT Park Fargʻona filialida Davlat axborot tizimlarini yaratish boʻyicha yagona integrator — "UZINFOCOM" kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Chet tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari D. Karimova, M. Muxitdinova hamda G. Saidalievalar tomonidan Yunusobod tumanidagi 9-IDUM o‘quvchilariga “Internet. Who created the Internet?” mavzusida dars o‘tkazildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali TT va KT fakulteti talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi