💻 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bitiruvchisi Nuriddin Samatov Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI) va Huawei hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan Generation Connect Yoshlar yetakchilari dasturining Jenevada (Shveytsariya) bo‘lib o‘tgan treninglarda o‘zining innovatsion loyihasi bilan ishtirok etdi.
Joriy yilning 24-26-iyun kunlari Janubiy Koreyada “UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” forumi tashkil etilgan tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Adliya vazirligi vakillari ishtirok etdi.
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Janubiy Koreyaning KOOKMIN universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Biznes IT” loyihasi doirasida e’lon qilingan to'liq grant dasturi g‘oliblari deb quyidagilar e’lon qilinadi.
Hurmatli TATU yoshlari va IT sohasiga qiziquvchilar!
Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish hamda IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli maktab o‘quvchilari va abituriyentlarni Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish maqsadida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Job & Edu Fest” – IT mehnat va ta’lim yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
Tur doirasida IT yo‘nalishi bo‘yicha OTMlarining 12 nafar talabasi Shenchjan va Shanxay shaharlarida bo‘lib, Huawei kompaniyasi ko‘rgazma komplekslarining innovatsion olamiga sho‘ng‘iydilar, soha ekspertlari bilan raqamli taraqqiyot masalalarini muhokama etadilar, #MWCSHanghai tadbirlarida qatanashib, Xitoy madaniyati va an’analari bilan tanishadilar.