Yangiliklar

Joriy yilning 17-19-iyul kunlari Germaniyaning Laubusch shahrida Chemnitz texnologiya universiteti IEEE ISCSET 2024 konferensiyasida “Computer Science and Educational Technology” nomli 13-xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Menu | 25-07-2024 | 14:01

Mazkur nufuzli xalqaro simpoziumda Germaniya, Yaponiya, Xitoy, AQSh, Mongoliya, Kanada, Hindiston va Buyuk Britaniyalik olimlar bilan bir qatorda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan F.M.Zakirova, D.A.Zaripova, B.I.Otaxonova, Sh.X.Pozilova, N.Y.Rasulovalar ham ishtirok etdilar.

KOICA kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Janob Shin Myon Sopom boshchiligidagi delegatsiya Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga (TATU) tashrif buyurdi.

Menu | 25-07-2024 | 13:58

Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga universitetning zamonaviy muhandislik maktabi, ilmiy laboratoriyalar va ularda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar taqdim etildi.

TATUda “The 10th International Symposium on Advanced and Applied Convergence & The 10th International Conference on Advanced Culture Technology-IICCC 2024” nomli xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tadi.

Menu | 24-07-2024 | 09:36

Ushbu anjumanga bir qator xalqaro spikerlar taklif etilgan bo‘lib, universitetimizning qator professor-o‘qituvchilariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ushbu yetakchi tashkilot faoliyatiga mos turli, ilmiy texnikaviy va kasbiy yo‘naltirilgan munozara va muhokamalar imkonini yaratadi.

4-17-iyul davomida Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida o’tkazilgan “Information Security Technologies for the 'Belt and Road' Countries“  seminari o’z yakuniga yetdi.

Menu | 24-07-2024 | 09:30

Seminar yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatda “Kiberxavfsizlik” sohalarida olib borilayotgan ishlar hamda bir qator istiqbolli loyihalar haqida yakuniy taqdimot bilan qatnashdi.

20-iyul kuni bo'lib o'tgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bakalavriyat bosqichi “Bitiruvchilarini kuzatish” marosimidan fotolavhalar.

Menu | 22-07-2024 | 09:48

20-iyul kuni bo'lib o'tgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bakalavriyat bosqichi “Bitiruvchilarini kuzatish” marosimidan fotolavhalar.

5-18-iyul davomida Xitoy Xalq Respublikasining Uhan shahrida o’tkazilgan “Blockchain and Information Security Technology Training Course for Developing Countries” seminari o’z yakuniga yetdi.

Menu | 22-07-2024 | 09:45

Axborot kommunikatsiya sohasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar bilan tanishtirish maqsadida telekommunikatsiya va kiberxavfsizlik sohasidagi yetuk vakillar “FIBER HOME” Co.Ltd, “KINGSOFT.LOG”, “WPS OFFICE GROUP”, “DAMENG DATABASE” Co.Ltd kabi kompaniyalarga amaliy tashriflar tashkil qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun Ichan hamda Xian shaharlariga Xitoy Xalq Respublikasining boy tarixi  hamda muhandislik yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida madaniy tashriflar tashkil qilindi.