Tashrifdan asosiy maqsad startap loyihalar, axborot ximoyasi va kiberxavfsizlik sohasida talaba va pedagog xodimlarni ilmiy-tadqiqot va rivojlanish faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda fanlar bo'yicha qo'shma ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini yaratish ko'zda tutilgan.
Mazkur trening orqali talabalar Alisher Avazovdan hayotdagi har bir inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini aniqlab olishi, kelajakda muvaffaqiyatga erishish yo‘nalishlari borasida foydali bo‘lgan maslahatlarni olishdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1-TTJda AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalarini o'rtasida navbatdagi "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi. O‘yin mantiqiy, siyosiy, tarixiy blits-savollarga boy bo'ldi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiniringi fakulteti, Multimedia texnologiyalari kafedrasi tomonidan 21-sonli Mehribonlik uyida tashkil etilgan "Web Dasturlash" to'garagining "HTMLda Canvas elementlari bilan ishlash" mavzusida navbatdagi darsi bo'lib o'tdi.
Давра суҳбатига Низомий номидаги ТДПУ “Амалий психология” ўқув курси раҳбари Алимова Феруза Нажимовна ҳамда Юнусобод тумани 2 сон ИИБ ХПБ Хотин қизлар масалалари бўйича катта инспектор, катта лейтенант Сидикова Дилноза Акмаловна, Юнусобод тумани 1- сон ИИБ ХПБ Хотин қизлар масалалари бўйича катта инспектор, катта лейтенант Сатвалдиева Хилола Суннатуллаевналар таклиф этилди.
Joriy yilning 19-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.S.Yaxshibayev boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hamda Shirin shahri xalq ta’limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurdi.