O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazida dasturlash kurslari bo'yicha mashg'ulotlar

  • Asosiy
  • O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazida dasturlash kurslari bo'yicha mashg'ulotlar

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Javoxarlal Neru nomidagi O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi 2016 yilning 26-30 sentyabr kunlari dasturlash asoslari hamda axborot texnologiyalari bo’yicha chuqurlashtirilgan o‘quv kurslari bo’yicha mashg‘ulotlarini boshlab yubordi.

Markazda jami 120 nafar tinglovchilar Java dasturlash tili, Web texnologiyalar, C++ da dasturlash asoslari hamda tarmoq administratorligi bo‘yicha mashg‘ulotlarga kirishishdi.

2016 yil oxirigacha ushbu o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazining sertifikatlariga ega bo‘ladilar.