Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi uchun “Yozgi Ta’til Xaritasi”

  • Home
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi uchun “Yozgi Ta’til Xaritasi”
Maqsad:
Ushbu xaritaning asosiy maqsadi TATU talabalarini yozgi ta’til davrida o‘z ustida ishlashini hamda shu paytning o‘zida boshqalarni ham AKT soxasiga qiziqtirish yoki viloyat va shaharlarda AKTni keng targ‘ib qilishda hissasini qo‘shishini ta’minlashdan iborat.

Xaritadan foydalanish:
Talabalar quyida keltirib o‘tilgan 6 xil yo‘nalish ichidan o‘z qiziqishi va imkoniyatidan kelib chiqib, bir yoki undan ortiq mashg‘ulotni tanlab, yozgi ta’til davomida aynan shu ish bilan mukammal shug‘ullanish zarur bo‘ladi. Tanlab olingan mashg‘ulotlar individual yoki guruh bo‘lib amalga oshirilishi mumkin.

Hisobot:
Tanlab olingan mashg‘ulot bo‘yicha ta’til davomida amalga oshirilgan ish yuzasidan quyida keltirilgan 4 xil (yozma, video mahsulot, dasturiy mahsulot, taqdimot qilish) ko‘rinishida hisobot guruh murabbiyiga topshiriladi va ular orqali fa’kultet bo‘yicha yig‘iladi. Hisobotlarni topshirish muddati 2017 yil 15 sentyabr.
Yozma ravishdagi hisobotlar – bajarilgan mashg‘ulot bo‘yicha hisobot ko‘rinishida amalga oshirilgan jarayonga oid rasmlar va/ yoki boshqa asos bo‘la oladigan hujjatlar bilan tayyorlangan hujjat hisoblanadi.
Video mahsulot – ta’til davomida tanlangan mashg‘ulot turi bo‘yicha video tasvirga tushirilgan lavhalarni montaj qilish orqali tayyorlangan qisqa video hujjatli rolik.
Dasturiy mahsulot – talaba tomonidan yozgi ta’til mobaynida individual yoki guruh bo‘lib yaratilgan dasturiy ta’minot ko‘rinishdagi mahsulotdir. Bunda talabalar yaratilgan mahsulotning o‘zi va u uchun hisobot ko‘rinishdagi tasnifi bilan birgalikda topshirishlari talab etiladi.
Taqdimot ko‘rinishdagi hisobot – talaba tomonidan tanlab olingan mashg‘ulot hususiyatiga qarab belgilangan vaqt davomida to‘plangan ma’lumotlar va bilimlarga oid taqdimot tayyorlab kafedrada taqdimot qilib berish tushiniladi.

1-yo‘nalish: Talabalarning o‘z bilimini oshirish borasida

  1. Universitet miqyosida dasturlash, kompyuter savodxonligi, telekommunikatsiya texnologiyalari, til o‘rganish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qiziquvchi talabalarni aniqlab TATU qoshidagi markazlarda yozgi ta’til davrida bepul kurslar tashkil etish.
  2. “Talaba-talabaga ta’lim” prinsipi asosida universitet yo‘nalishlari bo‘yicha “Kamolot” YOIH BT faollari tomonidan seminar-treninglar tashkil etish.
  3. O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi qoshida tashkil etilgan “Yosh trenerlar”, “Yosh tadbirkorlar”, Yoshlar tashabbuslari Markazida (SMI – sentr molodejnыx initsiativ) faoliyat yuritayotgan bepul chet tillari to‘garaklari va boshqa trening kurslariga qatnashish tavsiya etiladi.
  4. Viloyat kesimida talabalarning ro‘yhatini shakllantirib, “UZTELEKOM” hududiy filiallari qoshida talabalar uchun “IT”, “CISCO”,“E-Gov” va boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha kurslar tashkil etish tavsiya etiladi.

2-yo‘nalish: Talabalarning universitetdagi faolligini oshirish borasida

  1. Ingliz tiliga qiziquvchi talabalarni aniqlab, talabalar o‘rtasida IELTS sertifikatlariga ega talabalar tomonidan seminar-treninglar tashkil etish.
  2. Universitetning “Oqtosh” sog‘lomlashtirish oromgohida faol talabalardan iborat guruhlar ishtirokida u yerdagi dam oluvchilar bo‘yicha turli musobaqalar, spartakiada va seminarlar o‘tkazish.
  3. Universitetdagi talabalar o‘rtasida bunyodkorlik ishlariga qiziquvchi talabalarni yozgi bunyodkorlik ishlariga keng jalb qilish tavsiya etiladi.

3-yo‘nalish: Talabalarning aholi va yoshlar o‘rtasida AKT bo‘yicha ong va madaniyatini oshirish borasida

  1. Yozgi ta’tilga ketayotgan talabalarni, fakultet ish-rejasi asosida, xamkor tashkilotlar (“UZTELEKOM” hududiy bo‘limlar) bilan birgalikda o‘zlari istiqomat qilayotgan mahallalarda aholi va yoshlar o‘rtasida AKT savodhonligi, Internet madaniyati, Smartfonlardan foydalanish madaniyati, “Elektron hukumat” va AKT kurslarini tashkil etish.
  2. Talabalar o‘zlari istiqomat qilayotgan viloyat hududida joylashgan yozgi oromgohlarda “Kamolot” YOIH viloyat boshqarmalari bilan hamkorlikda AKT bo‘yicha qisqa muddatli turli kurslar tashkil etish.
  3. Talabalar o‘zlari istiqomat qilayotgan viloyat, shahar, tuman, qishloqlar miqyosida AKT buyicha turli musobaqalar, olimpiadalar va tanlovlar o‘tkazish.
  4. Talabalar tomonidan o‘zlari istiqomat qilayotgan viloyat, tuman, shaharlar gazetalarida AKT va “Elektron hukumat” bo‘yicha savodxonlikni oshirish ruknlari va savol-javoblar tashkil etish.

4-yo‘nalish: Talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlarga jalb qilish borasida

  1. Talabalar o‘zlari istiqomat qilayotgan viloyat, tuman, shaharlarda Ma’naviyat targ‘ibot markazlari bilan hamkorlikda turli ma’naviy tabdirlarga jalb qilish orqali jamiyatda salbiy ta’sir qiluvchi jarayonlarga qarshi kurashish.
  2. Talabalar o‘zlari istiqomat qilayotgan joylardagi Maktabgacha ta’lim muassasalarining yuqori guruh bolalari uchun AKT savodxonligi bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish.
  3. Talabalar o‘zlari istiqomat qilayotgan joylarning muassasa, tashkilot va korxonalari xodimlari uchun AKT va “Elektron hukumat” bo‘yicha qisqa kurslar tashkil etish.

5-yo‘nalish: Talabalarni o‘z Vataniga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida

  1. Buyuk davlatchiligimiz tarixi, tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari, buyuk alloma va davlat arboblarining faoliyatini vorisiylik asosida o‘rgatish maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Navoiyshaxarlari va viloyatlarida joylashgan muqaddas qadamjolar hamda tarixiy obidalarga tashrifi va o‘rganilishini tavsiya etish.
  2. Hududiy tarixiy obidalarni o‘rganish natijalari asosida yangi2017-2018 o‘quv yillarida talabalar o‘rtasida insholar tanlovini o‘tkazish.

6-yo‘nalish: Respublika bo‘ylab xalq ta’limi tizimidagi muassasalarda AKTni keng joriy etish borasida

  1. Respublikaning shaxar, tuman va qishloqlarida joylashgan maktab yoki maktabgacha ta’lim muassasalari uchun web saxifalarni yaratishda ko‘maklashish.
  2. Ushbu muassasalarning internet tarmoqlari yoki kompyuterlarini havfsizlik borasida profilaktika qilishda faol qatnashish.

Mukofotlash

    1. Barcha oltita yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi loyihalar 1-,2-,3-o‘rin sifatida mukofotlanadi. Bunda 1-o‘rinlar - 3 ta, 2-o‘rinlar – 5 ta, 3-o‘rinlar – 10 ta. Jami108 ta sovrinli o‘rinlar mavjud.
    2. Sovrinlar qimmatbaho bo‘lib, g‘oliblar AKT soxasidagi planshet, noutbuk, smartfon, iclock, internet wifi router va boshqa mukofatlar bilan taqdirlanadilar.