TATUda pandemiya sharoitidagi ta'lim jarayoni

  • Home
  • TATUda pandemiya sharoitidagi ta'lim jarayoni

Muhammad al-Хorazmiy nomidagi TATUda ta’limning kredit tizimi Vazirlar Mahkamasining 569-son qarori asosida joriy etilgan bo‘lib, hozirgi kunda unversitetimizda 1,2,3-kurs talabalari ushbu talim tizimida tahsil olishmoqda.

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq bugungi kunda Unversitetimizda yakuniy nazorat imtihonlari amalga oshirilmoqda. Imtihon jarayonida shaffovlik va ob’ektivlik printsiplarini inobatga olgan holda apellyatsiya komissiyasi ish olib bormoqda. Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya komissiyasiga murojaat etishi mumkin. O‘z murojaatini ko‘rib chiqilishida talaba ishtirok etish huquqiga ega.

Vazirlar Mahkamasining 569-son qaroriga asosan "Semestr va o‘quv yili yakuniy natijalari bo‘yicha akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar o‘qishdan chetlashtirilmaydi. Ta’lim oluvchini bosqichdan-bosqichga o‘tkazish uning GPA (o‘rtacha ball) qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Belgilangan GPA (o‘rtacha ball) o‘tish ballini to‘play olmagan talaba qayta o‘qish uchun tegishli bosqichda qoldiriladi. Shartnoma asosida bir bosqichda o‘qish soni chegaralanmaydi. Fanlar bo‘yicha qayta ta’lim olish uchun to‘lov qiymati universitet tomonidan butun o‘quv yilining kontrakt summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qayta ta’lim olish uchun to‘lov mexanizmi universitet tomonidan bir kredit qiymatini hisoblash asosida belgilanadi. Bir kredit qiymati o‘quv yili davomidagi ta’lim olish uchun to‘lanadigan umumiy summani rejalashtirilgan sinov birliklari (kreditlar) miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.”

Hozirgi davrda pandemiya sharoiti talablaridan kelib chiqib, ta’lim jarayonini uzluksiz davom ettirish maqsadida, onlayn darslar tashkillashtirilib, olib borilayotgan ta’lim jarayonini maksimal ravishda sifatli amalga oshirilishi uchun universitet tomonidan barcha choralar kurilgan.

Jumladan, professor-o‘qituvchilari Zoom platformasi orqali darslarni doimiy ravishda olib borib, ushbu jarayon o‘quv bo‘limi tomonidan nazorat qilindi;

TATU ta’lim jarayoni Respublikamiz boshqa OTMlar qatorida Hemis tizimi orqali boshqarilmoqda;

Onlayn ta’limga doir sharoiti bo‘lmagan talabalar uchun TATU binosida tegishli fanlardan professor-o‘qituvchilar tomonidan individual dars o‘tishlariga sharoit yaratildi;

Yakuniy nazorat davrida TATU ning barcha hududiy filiallarida talabalarimiz onlayn imtihon topshirishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi va bu haqda tegishli e’lonlar berildi.

Onlayn ta’lim va yakuniy nazorat davrida talabalarning barcha asoslangan murojaatlari ko‘rib chiqilib, talabalar foydasiga hal qilindi.

Shuni ta’kidlash joizki, universitet tomonidan talabalarga yaratib berilayotgan sharoitlar tufayli 2020-2021 uquv yiliga doir talabalarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish reytinglari yuqori natijalarni ko‘rsatmoqda.

Hozirda keyingi 2021/2022 o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilib, talabalar qabul qilish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

 

TATU matbuot xizmati