Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida chet tilida tayyorlangan “Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi” va “Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi” tanlovlari o'tkaziladi

  • Home
  • Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida chet tilida tayyorlangan “Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi” va “Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi” tanlovlari o'tkaziladi

Mazkur Tartib O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’grisida”gi PK.-1875-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bo’lib, oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan chet tilida tayyorlangan "Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi” va "Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi” tanlovlarini (bundan keyingi o’rinlarda - Tanlov deb yuritiladi) o’tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Mazkur Tartib O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi, xalqaro va chet el oliy ta’lim muassasalari, shuningdek oliy harbiy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Tanlovning maqsadi - oliy ta’lim muassasalarida o’quv-uslubiy jarayonni takomillashtirish, xorijiy tillarni o’qitish jarayonlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy metodikalar, ilg’or xorijiy tajribalarni ommalashtirish va rag’batlantirish hamda bakalavriat hamda magistraturani bitirayotgan talabalarda xorijiy tillarni o’rganish ko’nikmalarini shakllantirish hamda ijodkorlik sifatlarini rivojlantirishdan iborat.
Tanlov talabalar o’rtasida bilimlar sohalari (Gumanitar soha; Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq; Ishlab chiqarish-texnik soha; Qishloq va suv xo’jaligi; Sog’likni saqlash va ijtimoiy ta’minot; Xizmatlar sohasi) bo’yicha alohida quyidagi nominatsiyalarda o’tkaziladi:
Chet tilida tayyorlangan "Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi” nominatsiyasiga fan, texnika va ta’limning dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlangan mavzulardagi chet tilida tayyorlangan hamda kafedra ochiq muhokamasida ijobiy baxolangan bitiruv malakaviy ishlar nomzodning ilmiy rahbari va tegishli kafedralar xulosasi asosida tavsiya etiladi; 
Cheg tilida tayyorlangan "Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi” nominatsiyasiga dissertatsiya mavzusi dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifani yechishga bag‘ishlangan, shuningdek mutaxassislikka mos bo‘lgan holda amaldagi talablar asosida tayyorlangan ilmiy rahbar, yuqori malakali mutaxassis va amaliyotchilari tomonidan ijobiy baxolangan (kamida 2 ta mutaxassis taqrizi bilan birga), kafedra muhokamasidan muvaffaqiyatli o‘tgan ishlar magistratura bo‘limi bilan kelishilgan holda tavsiya etiladi.

 

Tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish Namumaviy tanlov tartibi