Toshkent axborot texnologiyalari universitetida buyuk mutafakkir Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag‘ishlangan "Navoiyxonlik” tadbirlari davom etmoqda.
Davlatshoh Samarqandiy o‘z tazkirasida "...bu ulug‘ amir davlatning pushtipanohi, millatning tayanchidir”, deb yozganida buyuk Alisher Navoiyning davlat va davlatchilik borasidagi amaliy ishlari, asarlarida ilgari surilgan g‘gitlarni nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas. Zero, mamlakatni idora etishning barcha jabhalari qamrab olingan "Munshaot”da, kirim, sarf-xarajat, qilingan ishlar bayonnomasi bo‘lgan "Vaqfiya”da, "Xamsa” dostonlarida ham davlat mustaqilligi va bexatarligini barqaror saqlab turish, mamlakatni adolat bilan boshqarish, el-yurt osoyishtaligini ta’minlash, obodonchilik ishlariga ahamiyat berish, turli toifv va tabaqaga mansub kishilarning turmushini yaxshilash masalalariga jiddiy e’tibor qaratdi va bunda o‘zining sa’y-harakatlari, shaxsiy ibrati bilan ishtirok etdi. Bizningcha, mamlakatni boshqarish usullaridan boxabar, uning biror-bir jabhasida faoliyat ko‘rsatgan shaxsgina bundy teran va keng qamrovli xulosalarni bera oladi.