Dissertatsiya himoyasi tartibi

  • Home
  • Dissertatsiya himoyasi tartibi

Nihoyat himoya kuni yetib keldi. Barcha opponentlar kelishdi. Taqriz olindi. Ma’ruza yod olingan. Ixtisoslashgan kengash azolari rais boshchiligida kvorumga yetarli miqdorda yig‘ildilar va kengash boshlandi.

Kengash o‘tkazishning qat’iy o‘rnatilgan tartibi bor. U ixtisoslashgan kengash to‘g‘risidagi nizomda belgilangan. Lekin o'z qoidalari yo‘lga qo‘yilganligi va reglamentga qaramay himoya jarayoni qiziqarli dramatik, hatto teatrlashtirilgan tomoshaga o‘xshaydi, unda ishtirok etganlar faqat tomoshabin emas, balki aktyorlar hamdir. Tadqiqotchi esa bosh rolni ijro etadi.

Kengashni xay’at raisi ochib beradi. Tashrif kog‘oziga asoslanib, u kengash a’zolariga kengashning xuquqiyligi hakida xabar beradi, tadqiqotchi tomonidan dissertatsiya himoyasini e’lon qiladi, dissertatsiya nomini rasmiy opponent familiyalarini yetakchi tashkilot nomini ko‘rsatib o‘tadi. Kengash ochilishidan oldin kengash a’zolariga dissertatsiya bo‘yicha xulosa loyihasi tarqatiladi, keyin so‘z ilmiy kotibga beriladi u tadqiqotchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asosiy mazmuni va ularning o‘rnatilgan tartibga mosligi haqida qisqacha ma’ruza kiladi.

Ma’ruza uchun so‘z dissertatsiya ishining natijalari haqida tadqiqotchiga berildi.

Ma’ruzaning tuzilishi varianti avvalroq keltirilgan. Bu yerda ma’ruzaning uslubi haqida bir necha fikr bildirmoqchimiz.

Ilmiy ma’ruzada faqat yaxshi tushunarli mazmunda emas, balki barcha xay’at a’zolariga ham tuzilish ham uslubiyati jihatidan tushunarli bo‘lishi muhimdir. Hay’at a’zolari qarama-qarshilikni nozik his qiluvchi va vaziyatni yetarli asoslanganligini sezuvchi yuqori kvalifikatsiyali olim hamda mutaxassislardir.

Buning uchun dissertatsiya ishi mavzusi bo‘yicha muttaxasis bo‘lishi shart emas. Shuning uchun asosiy vaziyatni argumentlash ishonchli ketma-ketlikda qarama-qarshiliksiz shaxsiy mantiqiy qonunlariga aniq asoslangan bo‘lishi kerak.

Ma’ruza va natijalarga yakun yasab, hay’at a’zolariga e’tiborlari uchun minnatdorchilik bildiriladi.

Himoyaning eng mas’uliyatli daqiqasi ixtisoslashgan kengash a’zolarini savollariga tadqiqotchining bergan javoblari. Himoyaning aynan shu bo‘limida ilmiy darajaga talablar shaxsning ilmiy ko‘rinishi va individualligi namoyon buladi. Turli ko‘rinish va xarakterdagi savollarga javob berishga tayyorlanish talab kilinadi. Shunday fikr mavjudki birinchi ko‘rinishda oddiy bo‘lib tuyilgan savolga javob berish murakkab bo‘ladi. Bu haqiqatdan ham shunday, masalan bunday sodda savolda "Dissertatsiyangizda qanday yangilik yaratildi?”, savolga aniq javob berishingizga qo‘shimcha belgi va o‘ziga xoslikni o‘z ichiga olmaydi. Tadqiqotchiga savol beruvchini qanday yangilik qiziqtirayotgani tushunarsiz: umumanmi yoki konkret bo‘limmi. Bunday holatga savolni aniqlashtirish maslahat beriladi, bu uni noqulay vaziyatga solishi mumkin yoki o‘zi savolni kengaytirib, aniklashtirib beradi.

Umumiy xarakterga ega bo‘lgan savollarga javobni bilish kerak: yangilik haqida haqqoniylik, aktuallik, fan va amaliyot uchun foydalilik izlanish ob’ekti va predmeti haqida va ularni oldindan tayorlash kerak.

Tadqiqotchining yetukligi ishiga xos savollarga javoblarda va dissertatsiya mavzusiga oid barcha nozik tomonlarida ko‘rinadi. Bu yerda butun borlig‘ingizni namoyon qiling. Bu qanday amalga oshiriladi? Himoyadan oldin yana bir bor diqqat bilan o‘zingizni dissertatsiya va avtoreferatingizni o‘qib chiqing. Muammo, savol, masalalar tarixini o‘rganib chiqing. Asos soluvchilarning familiya va ularning yutugqlarini qaytaring, ish mavzusi bo‘yicha hammualliflarni, hamkasb va opponentlarnini yodga oling, perspektiv ishlanmalarning rejasini tuzing. Bir so‘z bilan aytganda: muvvaffaqiyat garovi to‘xtovsiz mehnat va himoyaga tayyorgarlikda. Kengash a’zolariga e’tiborli va hurmatli bo‘ling, iloji bo‘lsa har birini ismi, sharifini bilib oling. Agar savol qaytarilsa, unga javob bergan edim demang, yaxshisi javobga boshqa tomondan yondashing. Agar savolga javob darrov kelmasa, buni xayajonlanganingizdan Ekanligini aytib, javob bering. Insonga xos xislatlar barcha kishilar tomonidan e’tiborga olinadi.

Tadqiqotchining javoblaridan so‘ng so‘z ilmiy rahbarga yoki maslahatchiga so‘z beriladi va dissertatsiya ishi bajarilgan muassasa yoki tadqiqotchi biriktirilgan korxona xulosasi e’lon qilinadi, yetakchi tashkilot taqrizi, dissertatsiya va avtoreferatga kelgan boshqa taqrizlar eshittiriladi.

Avtoreferat yoki dissertatsiyaga yetarli darajada ijobiy taqrizlar bo‘lsa, ilmiy kotib kengash a’zolari ruxsati bilan o‘qib berish o‘rniga ko‘rsatilgan kamchiliklarni ko‘rsatib umumlashtirib beradi. Salbiy taqrizlar to‘liq o‘qib eshittiriladi.

Taqrizlar o‘qib bo‘lingach tadqiqotchiga taqrizlarda ko‘rsatib o‘tilgan kamchilik bo‘yicha so‘z beriladi. Tadqiqotchi ilgari tayyorlangan javoblarni qo‘shimchalarsiz o‘qib eshittiradi.

So‘ng rasmiy opponentlar chiqadi. Opponentlar chiqishidan keyin tadqiqotchiga so‘z beriladi. Tadqiqotchi hohishiga qarab javob berish har bir opponentdan keyin berilishi mumkin.

Keyingi muhokamada himoyada katnashayotganlar ham qatnashishlari mumkin. Chiqishlardan avval ba’zan kutib qolinadi, uni to‘ldirish zarur. Buning uchun tadqiqotchi oldindan ba’zi kengash a’zolarini dissertatsiya muammolari bilan tanishtirishi mumkin, bu kutishni qisqartirib ish natijalarini tanqidiy muhokama kilishdan olib qoladi.

Muhokama tugagach tadqiqotchiga yakuniy so‘z beriladi. Unda tadqiqotchidan faqat himoya jarayonida va uni tayyorlashda unga yordam berganlarga minnatdorchilik bildirish kutiladi.

Tadqiqotchining yakunlovchi so‘zidan keyin ilmiy daraja berish masalasi bo‘yicha yopik ovoz beriladi. Ovoz berish byulleten’ bilan amalga oshiriladi. Kengashda ishtirok etuvchi ovoz berish huquqiga ega kengash a’zolarining uchdan ikki qismi ovoz bersa, ixtisoslashgan kengash natijasi ilmiy daraja berishi ijobiy xisoblanadi.

Hisob komissiyasi bayonnomasini tasdiqlagandan keyin hay’at xulosasi loyihasi muhokama qilinadi.

Ilmiy daraja berish masalasi bo‘yicha salbiy natija berilsa xulosa qabul qilinmaydi. Xulosa matni dissertatsiya natijasi klassifikatsiya belgilarini ko‘rsatish hay’at a’zolarining ochiq oddiy ovoz berish yuli bilan qabul qilinadi. Undan keyin tadqiqotchiga e’lon qilinadi. Shu bilan hay’at kengashi yopiq deb hisoblanadi.