TATUda “Markaziy Osiyoda oliy ta’limni yangi texnologiyalar orqali modernizatsiya qilish” HiEdTec loyihasi amalga oshirilmoqda

  • Asosiy
  • TATUda “Markaziy Osiyoda oliy ta’limni yangi texnologiyalar orqali modernizatsiya qilish” HiEdTec loyihasi amalga oshirilmoqda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Tashkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturining “Markaziy Osiyoda oliy ta’limni yangi texnologiyalar orqali modernizatsiya qilish” HiEdTec loyihasini bir qator Yevropa va Markaziy Osiyo universitetlari, hamda O‘zbekistondan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU), Andijon mashinosozlik instituti (AndMI) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri o‘qitish jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish, ulardan samarali foydalanish orqali oliy ta’limni modernizatsiya qilish va ushbu jarayonni oliy ta’lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish Konsepsiyasi orqali amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Yevropa Komissiyasining ko‘magida HiEdTec loyihasi ishtrokchilari tomonidan “Oliy ta’lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish Konsepsiyasi” tayyorlandi va O‘zbekistonning barcha oliy o‘quv yurtlariga tarqatildi. Ushbu Konsepsiya bilan batafsil tanishib chiqishga chaqiramiz.

Batafsil