TATU AQSHning yetakchi Syracuse universiteti bilan hamkorlik qilishni kelishib oldi

  • Asosiy
  • TATU AQSHning yetakchi Syracuse universiteti bilan hamkorlik qilishni kelishib oldi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti, axborot texnologiyalari kafedrasi katta oʼqituvchisi T. Xoʼjaqulov hamda Kompyuter injiniringi fakulteti dekani o'rinbosari X.Jiyanbekovlar Amerika Qo’shma Shtatlari Syracuse Universitetiga tashrif buyurib, xalqaro bo’lim boshlig’i Sue Corieri hamda universitet professor o’qituvchilar bilan uchrashdilar.

Uchrashuv mobaynida o’qtuvchilarning o’z mutaxassisliklari bo’yicha malaka oshirish kurslariga yuborish, bakalavr hamda magistir yo’nalishlari bo’yicha o’qishga taklif etish, tayanch doktori va doktaranturaga o’qituvchilarni jalb etish va bir qancha yo’nalishlar bo’yicha hamkorlik qilishni kelishib oldilar.


Tashrif davomida TATU professor o’qituvchilari T. Xoʼjaqulov hamda X.Jiyanbekovlar Syracuse universitetining dars jarayonlari, laboratoriya xonalari, talaba va professor o’qituvchilarga berilgan shart-sharoitlar, universitetga mavjud bo’lgan kutubxonalar bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Uchrashuv do’stona ruhda o’tdi. Sue Corieri xonim kelgusida har qanday tashabbus va loyihalarni qo’llab-quvvatlashi va hamkorlikka tayyor ekanligini aytib o’tdi.

TATU matbuot xizmati