Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasida tayyorlangan loyiha boʻyicha seminar oʻtkazildi

  • Asosiy
  • Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasida tayyorlangan loyiha boʻyicha seminar oʻtkazildi

22 noyabr kuni “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasida “Tele va video maxsulotlarning sifatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, energiya isteʼmolini va energiya tejashni intensifikatsiyalash hamda Smart va IoT tizimi asosida xodimlarning malakasini oshirish tizimlari” nomli Loyiha doirasida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida mavjud boʻlgan muammolarni hal etish yoʻlida ishlab chiqilgan qator choralarga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi (Loyiha rahbari TTI kafedrasi dotsenti I.P.Parmankulov).

Ushbu seminarda “Televizion texnologiyalar” fakultetining professor-oʻqituvchilari hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining va Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining yetakchi mutaxasislari ishtirok etdilar.

Yuqorida koʻrsatilgan Loyiha quyidagi natijalarga erishishni koʻzda tutadi: tele va video mahsulot sifatini yahshilash, energiya istyemolini kamaytirish; elektro energiya tejash darajasini yaxshilash, xodimlar malakasini oshirish, jumladan xodimlarning strukturaviy tuzilishini takomillashtirish, ularni ragʻbatlantirishga doir choralar ishlab chiqish.

Loyiha boʻyicha erishilgan natijalarni tatbiq etish orqali, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi televizion kanallarda uzatilayotgan tele va video maxsulot sifatini tubdan yaxshilanishi, mavjud zamonaviy texnikani va yoritish texnologiyalarni amalda qoʻllanilishi orqali, ushbu sohada elektr energiya isteʼmolini kamaytirishga erishiladi. Loyiha muhokamasi jarayonida mutaxasislar tomonidan sohada mavjud muammolarni yechishga doir tavsiyalar berildi.