TATU "Akadеmik innovatsiyalar Fondi"dan grant yutib oldi!

  • Asosiy
  • TATU "Akadеmik innovatsiyalar Fondi"dan grant yutib oldi!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Akademik innovatsiyalar Fondi" tomonidan eʼlon qilingan grant tanlovida “TATUda AQSH universitetlari magistraturasi oʻqitish texnologiyalari transferi” loyihasi bilan ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad - AQSH universitetlaridagi mavjud magistrlarni oʻqitishning ilgor texnologiyalarini TATUda joriy etish. Bunda AQSH universitetlarining mavjud ilgʻor texnologiyalari, jumladan, multimediya oʻqitish dasturlari, masofaviy oʻqitish tizimi (AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti mutaxassisligi magistrantlari uchun) moliyaviy laboratoriyani tashkil etish va ishga tushirishdir. Loyiha qiymati 140 ming AQSH dollariga teng boʻlib, AQSHning WEBSTER universiteti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi, uning doirasida universitetga multimediya oʻqitish dasturlari, masofaviy oʻqitish tizimi, moliyaviy laboratoriyani tashkil etish va ishga tushirish uchun maxsus texnik jihozlari xarid qilinadi.

Maʼlumot uchun, Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan eʼlon qilingan grantlar tanlovi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Jahon banki hamkorligidagi oliy taʼlim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyiha doirasida amalga oshirilmoqda.

TATU matbuot xizmati