O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining dasturlari bo‘yicha kadrlarni o‘qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4091-sonli qaroriga asosan joriy yilning 8-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning xududiy filiallaridan ja’mi 20 nafar professor-o‘qituvchilar Germaniya, Yaponiya, Fransiya, J.Koreya, Rossiya va Belorussiya davlatlarida malaka oshirish, stajirovka va doktoranturada tahsil olish uchun stipendiatlik sertifikatlari bilan taqdirlandi.
Ushbu g‘oliblar 2019-yil iyul oyidan boshlab o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha xorijiy universitetlarga yuborilishi rejalashtirilgan.
TATU matbuot xizmati