Yangiliklar

Universitetimizga TATUning xalqaro strategik hamkori hisoblangan Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti xalqaro ishlar bo‘yicha Vitse-Prezidenti Kim Byoung Joon tashrif buyurdi.

Menu | 13-05-2025 | 09:36

Hozirgi kunda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan moliyalashtirilgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” loyihasining muhim qismi bo‘lgan "FabLab" ilmiy-amaliy innovatsion laboratoriyasi tashkil etilmoqda. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu laboratoriyani zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlash va loyiha doirasida TATUda tashkil etilgan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturini rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov hamda rahbariyat vakillari universitetda tahsil olib, ijarada yashayotgan Radio va mobil aloqa fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini joyida o‘rgandi.

Menu | 12-05-2025 | 12:16

Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turar joy sharoitlari batafsil ko‘zdan kechirildi. Xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilib, is gazining oldini olish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr bildirib, mavjud muammolarni bayon etdilar. Ularning murojaatlari tinglanib, amaliy yechimlar taklif etildi.

“CanSat Uzbekistan-2025” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi

Menu | 12-05-2025 | 09:43

Yoshlar o‘rtasida kosmik texnologiyalar, astronavtika va muhandislikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning bu boradagi g‘oya, tashabbus hamda ixtirolarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekkosmos” agentligi "CanSat Uzbekistan-2025" musobaqasining final bosqichini Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “Yangi hayot” ochiq uchish aerodromida o‘tkazdi.

"Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlariga tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Menu | 10-05-2025 | 12:09

8-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan sport oyligi doirasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va LEADER ONLINE kompaniyasi o‘rtasida kadrlar salohiyatini oshirish, talabalar uchun kompaniyada amaliyot/stajirovka o‘tash imkoniyatlarini yaratish va ishga jalb qilish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Menu | 10-05-2025 | 12:06

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va LEADER ONLINE kompaniyasi o‘rtasida kadrlar salohiyatini oshirish, talabalar uchun kompaniyada amaliyot/stajirovka o‘tash imkoniyatlarini yaratish va ishga jalb qilish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan memorandum imzolandi.