Yangiliklar

Televizion texnologiyalar fakulteti “Televizion va media texnologiyalar” kafedrasida “Audioviziual texnologiyalari” va “Telestudiya tizimlari va ilovalari” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyalari O‘zbekiston Respublikasi MTRK Mediamarkazida tashkil qilindi.

Menu | 30-05-2025 | 10:33

Himoya yakunida davlat attestatsiya komissiyasi talabalarning bilim va salohiyatini yuqori baholab, televizion texnologiyalar sohasida olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash va kelajakda ulkan yutuqlarga erishishlariga ishonch bildirishdi.

Bugungi kunda nazariya va amaliyotni bir-biriga integratsiya qilish, talabalarni korxona va tashkilotlardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan yaqindan tanishtirish dolzarb masala sanaladi.

Menu | 30-05-2025 | 10:28

Magistrlar va talabalarning magistrlik dissertatsiyasi va bitiruv ishi himoyalarini tashkilotlarda olib borish, bunda kadrlar tayyorlashda yetakchi o‘rinlarda turuvchi muassasalar va soha korxonalarining ishtirokini ta’minlash muhim masala hisoblanadi.

TATU talabasi kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro musobaqada yetakchilar qatoriga kirdi!

Menu | 29-05-2025 | 10:22

21–24-may kunlari Moskva shahrida Positive Hack Days Fest (https://phdays.com/) doirasida o‘tkazilgan "STANDOFF 15" (https://15.standoff365.com/)xalqaro kiberxavfsizlik musobaqasida turli davlatlardan qatnashgan 30 dan ortiq elita xakerlar jamoalari haqiqiy kiberjanglarda o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazishdi.

TATU talabalari “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichida g‘olib bo‘ldi!

Menu | 29-05-2025 | 10:20

Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan 100 nafar innovator yoshlar 7 500 000 so‘m miqdorida pul mukofoti, statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

2025-yil 23-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Radio va mobil aloqa fakulteti “Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Menu | 27-05-2025 | 10:33

Seminar 2017-yil 2-iyundagi hamkorlik shartnomasiga asosan, “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK mutaxassislari ishtirokida, 2024–2025 o‘quv yili uchun tuzilgan qo‘shma rejaga muvofiq o‘tkazildi.