Yangiliklar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari Xitoyda bo‘lib o‘tgan Huawei ICT Competition xalqaro tanlovida faxrli 3-o‘rinni egallab 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Menu | 27-05-2025 | 10:07

O‘zbekistonlik talabalar Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan Huawei ICT Competition global finalining innovatsion trekida ishtirok etishdi. Unda 48 mamlakat va mintaqadan 179 jamoa ishtirok etdi.

Dual ta’limni tadbiq qilish bo‘yicha Germaniya tajribasi o‘rganildi

Menu | 26-05-2025 | 10:33

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida “Muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 32-son Bayonnomasida dual ta’lim asosida muhandis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar belgilab berilgan.

Ilmiy muvaffaqiyat!

Menu | 26-05-2025 | 10:20

2025-yil 15-may kuni Litvaning Kaunas shahrida o‘tkazilgan 30-Xalqaro “Information Society and University Studies (IVUS 2025)” konferensiyasida universitetimiz doktorantlari e’tirof etildi.

Bugun, 24-may - So‘nggi qo‘ng‘iroq!

Menu | 24-05-2025 | 16:00

Bugun TATU rektori, professor Baxtiyor Maxkamov o‘zi tahsil olgan, Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan 9-maktabda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi. U yerda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, ayniqsa IT sohasidagi imkoniyatlar haqida yoshlar bilan hayotiy misollar orqali ma’lumot berdi.

TATU va Germaniya Vürzburg-Shvaynfurt amaliy fanlar texnik universiteti (THWS) o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Menu | 24-05-2025 | 15:58

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori J.Sultanov boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Vurzburg-Shvaynfurt amaliy fanlar texnik universiteti (THWS)ga tashrif buyurdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari Huawei ICT Competition doirasida Xitoyga jo‘nab ketdi

Menu | 24-05-2025 | 15:55

O‘zbekistonlik talabalar Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tayotgan Huawei ICT Competition global finalining innovatsion trekida ishtirok etmoqda. 20-may kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda 48 mamlakat va mintaqadan 179 jamoa ishtirok etdi.