Yangiliklar

TATU Televizion texnologiyalar va Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talabalari Xalqaro AyTi sertifikat va Xalqaro til sertifikati olishlariga ko'mak beruvchi targ'ibot ishlari olib borildi.

Menu | 19-03-2024 | 09:14

Shu bilan birga, “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, kelajakda munosib kasbga ega bo‘lish yuzasidan tavsiyalar” mavzusida amaliy seminar-trening o'tkazildi.

TATUda “Xotin-qizlarga koʻrsatiladigan tazyiq, zoʻravonlik holatlari va ulardan himoyalanish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Menu | 18-03-2024 | 14:16

Tadbirga Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talaba-qizlari, universitet psixologi hamda Yunusobod tumani 5- son IIB XPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori kapitan Saparova Eleonora tashrif buyurib, mavzuni muhim hayotiy misollar orqali atroflicha tushuntirildi.

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori professor B.Maxkamovning TATU Farg‘ona filialida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Menu | 18-03-2024 | 10:06

🫥 Qabul jarayonida Farg'ona filiali talaba yoshlari, hodimlarining universitet va uning filiallariga aloqador murojaatlari va takliflari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar bartaraf etilishi uchun mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🌱 Bugun yurtimizning barcha hududlarida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

Menu | 18-03-2024 | 10:02

Umumxalq xayriya hasharida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori hamda hududiy filiallar rahbarlari ham faol ishtirok etishmoqda.

TATU rahbariyati delegatsiyasi, Belarus Respublikasining Minsk shahrida 13-15 mart kuni o‘tkazilgan ’Raqamli Jamiyatda Muhandislik Ta’limi’ va ’BIG DATA’ Xalqaro Ilmiy-Metodologik Konferensiyada ishtirok etdi.

Menu | 18-03-2024 | 09:58

💬 Mazkur konferensiyada raqamli iqtisodiyot sohasida kadrlar tayyorlashning muhim jihatlari muhokama qilindi, uning asosiy muammolarni aniqladi va amaliy yechimlarni taklif qilindi. Muhandislik ta’limining gumanitar jihatlari, jumladan, axloqiy va ijtimoiy jihatlari va ularning muhandislik mutaxassislari kamolotiga ta’siri masalalari ko‘rib chiqildi.

💬 TATU Televizion texnologiyalari fakulteti talaba-qizlari bilan ”Ijodiy tafakkur” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Menu | 18-03-2024 | 09:55

🙋 Fan va texnika jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy munosabatlar yangilanayotgan hozirgi zamonda talabalarni kreativ fikirlash, ijiodiy tafakkurini shakillantirish maqsadida tashkil etilgan seminar-treningga Qozog'iston - O'zbekiston Logoterapiya va ekzistensial analizi Xalqaro dasturi rahbari Yulianna Sagdieva mehmon sifatida tashrif buyurib, bilim va tajribalari bilan boʻlishdi.