Yangiliklar

💻 Joriy yilning 6-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU vakillari — kafedralar, boshqarmalar rahbarlari, prorektorlar, rektor boshchiligida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qoshidagi Muhandislik maktabi laboratoriyasiga tashrif buyurishdi.

Menu | 08-07-2024 | 09:58

Universitet vakillari mazkur maktabda tashkil etilgan 6 va 10 oylik malaka oshirish kurslari, unda soha mutaxassislari qaysi yo‘nalishlarda va qanday texnikalarda malaka oshirayotgani, shuningdek, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

👥Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU "Tizimli va amaliy dasturlashtirish" hamda "Teleradioeshittirish tizimlari" kafedralari mudirlari "Seminar on Technologies of Blockchain and Information Security for Developing Countries" seminarida ishtirok etmoqda.

Menu | 08-07-2024 | 09:55

✅ Ushbu dasturga O'zbekiston, Yaman, Janubiy Afrika, Tanzaniya, Afg'oniston, Kambodja, Eron, Nepal va Ozarbayjon davlatlaridan turli soha mutaxassislari hamda muhandislari taklif qilingan.

TATU "Kiberxavfsizlik" kafedrasi assistenti, Daminov Akmalbek Abdurasulovich Xitoy xalqaro hamkorlik agentligining (CIFAL) tomonidan tashkil etilgan "Information Security Technologies for the 'Belt and Road' Countries" grant dasturida ishtirok etmoqda.

Menu | 08-07-2024 | 09:52

Ushbu dasturda O‘zbekiston, Marokko, Xitoy, Qatar, Iroq, Armaniston, Janubiy Afrika, Laos, Kuba va boshqa davlatlardan malakali kadrlar ishtirok etmoqda.

5-iyul kuni TATUda magistratura bosqichi “Bitiruvchilarini kuzatish” marosimi bo'lib o'tdi.

Menu | 08-07-2024 | 09:48

Mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi va bitiruvchilarni tabrikladi. Bitiruvchilarga esdalik yorliqlarini tantanali topshirdi hamda ularning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Hurmatli magistratura bosqichi bitiruvchilari!

Menu | 03-07-2024 | 09:04

Ajoyib yangilikni Siz bilan baham ko'rmoqchimiz: 5-iyul kuni soat 10:00da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Magistr bitiruvchilariga diplom topshirish" marosimi bo'lib o'tadi!

Universitetimiz terma jamoa a’zolari joriy yilning 23-iyundan 1-iyulga qadar Turkiyaning Istanbul shahrida xalqaro “6th Algorithm Competition Summer Camp 2024” o‘quv seminar-treningida ishtirok etishdi.

Menu | 02-07-2024 | 10:03

🗒 Universitetimiz talabalari ushbu o‘quv seminar-treningida xalqaro darajadagi mentorlardan tahsil olib, o‘z bilimlarini oshirgan holda, nufuzli ICPC musobaqalarida universitet nufuzini yanada oshirishni maqsad qilgan.