Yangiliklar

TATU rahbariyati Seoul Kiber Universiteti bilan hamkorlikda masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

22-10-2019 | 04:43

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori T.Teshabayev boshchiligidagi deligatsiya Janubiy Koreyada Yurtimizda AKT sohasida ta’limni rivojlantirish yo‘lida bir qancha kelishuvlarni amalga oshirmoqda.

O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligini munosabati bilan TATUda “Til – dil gavhari” nomli tadbir o‘tkazildi

21-10-2019 | 12:04

Til – insonga in’om etilgan buyuk ne’mat! U xalq tarixi, ruhiyati, o‘zligini ifodalaydi. Binobarin, betakror madaniy-ma’rifiy boyliklar, asriy qadriyatlar shu tushunchaga payvandlanadi. Dunyoda tillar ko‘p, lekin har bir xalq uchun o‘z tili aziz va muqaddas, davlat tili – milliy mustaqillik muqaddas timsoli, jamiyat ko‘zgusi va davlat ramzi sanaladi.

Professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va magistrlar diqqatiga!

21-10-2019 | 07:12

Sizni Normatov Sherbek Baxtiyorovichning 05.01.05 – “Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi” ixtisosligi texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan «Korporativ axborot-kutubxona tarmoqlari axborot xavfsizligini baholashning usullari, algoritmlari va dasturiy kompleksi” mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasiga taklif etamiz.

TATU vakillari Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bosh ofisiga tashrif buyurdi

21-10-2019 | 04:18

TATU rektori boshchiligidagi delegatsiya Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) bosh ofisiga tashrif buyurdi.

TATUning yosh dasturchilari Turkiston san’at saroyida bo’lib o’tgan talaba-yoshlar festivalida o’zlarining ishlanmalari bilan ishtirok etishdi

18-10-2019 | 07:42

Avval xabar berganimizdek, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan beshta muhim tashabbus doirasida “Jonajon Oʼzbekistonim, mangu boʼl omon!” shiori ostida 17-19 oktyabr kunlari Toshkent shahrida respublika talaba-yoshlar festivali oʼtkazilmoqda.

Talabalar festivaliga marhabo!

17-10-2019 | 11:13

Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan beshta muhim tashabbus doirasida “Jonajon Oʼzbekistonim, mangu boʼl omon!” shiori ostida 17-19 oktyabr kunlari Toshkent shahrida respublika talaba-yoshlar festivali oʼtkazilmoqda.