Yangiliklar

O'zbekistondan Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida BAAning Abu Dabi shahrida xamkorlik delegatsiyasi bo'lib o'tmoqda

08-09-2022 | 17:56

Ushbu delegatsiya tarkibida professor B.Maxkamov ham ishtirok etdi. Hozirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti va Mohamed bin Zayed nomidagi sunʼiy intellekt universiteti (MBZUAI) bilan muzokaralar olib borilmoqda.

1-bosqich talabalari uchun o‘quv jarayoni bilan tanishtiruv haftaligi bo'lib o'tmoqda

08-09-2022 | 17:55

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniringi fakulteti 2023-2023-o'quv yilida qabul qilingan 1-bosqich talabalariga mustaqillik darslari, universitet ichki-tartib qoidalari hamda ta'limning kredit tizimi bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1-bosqich talabalari uchun o‘quv jarayoni bilan tanishtiruv haftaligi bo'lib o'tmoqda

08-09-2022 | 17:54

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 2023-2023-o'quv yilida qabul qilingan 1-bosqich talabalariga "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida Mustaqillik darslari, universitet ichki-tartib qoidalari hamda ta'limning kredit tizimi bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil" shiori ostida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitet xodimlari uchun ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga hamda Toshkent shahrida joylashgan ziyoratgohlarga sayohat uyushtirildi.

06-09-2022 | 18:08

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab, bayram munosabati bilan berilgan dam olish kunlarida "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil" shiori ostida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitet xodimlari uchun ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga hamda Toshkent shahrida joylashgan ziyoratgohlarga sayohat uyushtirildi.

Qarshi shahridagi korxonalarni sogʼlomlashtirish va xususiylashtirish markazida “InnoWeek-2022” hududiy innovatsion gʼoyalar koʼrgazmasi oʼtkazilmoqda

06-09-2022 | 17:49

Mazkur koʼrgazmada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali professor-oʼqituvchilari va iqtidorli talaba-yoshlari oʼzlarining loyiha va ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida professor-o'qituvchilar tomonidan mustaqillik darslari tashkil etildi.

06-09-2022 | 16:10

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ham ustoz va talabalar uchun o'z quchog'ini ochgan. Universitetimiz rahbariyati erta tongdan talabalarni kutib olinib, barcha auditoriyalarda bilimlar kunining ilk darslari o‘tkazildi. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida professor-o'qituvchilar tomonidan mustaqillik darslari tashkil etildi.