Yangiliklar

«Men talaba bo’laman» nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

30-04-2022 | 17:04

Zangiota tumani XTB tasarrufidagi 35-maktab 10-11-sinf o’quvchilarini Oliy ta’limga kirish samaradorligini oshirish hamda kasb-hunarga yo’naltirish maqsadida Dasturiy injiniring fakulteti “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilar ishtirokida «Men talaba bo’laman» nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining barcha hududlarida umumxalq xayriya hasharini ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda.

30-04-2022 | 10:20

Umumxalq xayriya hashari — xalqimizning asrdan asrga o’tib kelayotgan ezgu fazilatlardan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "O'quv media markazida" master klass bo'lib o'tdi

30-04-2022 | 09:46

Master klassni Televizion texnologiyalari fakulteti, TTI kafedrasi mudiri, dosent Bazarbayev Botir Joldasovich universitet professor-o'qituvchilari uchun "Media ta'lim" va "Media kompetentlik" tushunchalari haqida ma'ruza qildi.

Faxriylarni qadrlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish - ezgu maqsadimizdir!

30-04-2022 | 09:12

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalar fakulteti "Energiya ta'minlash tizimlari" kafedrasi professor-o'qituvchilari 7-may "Aloqachilar kuni" hamda 9-may "Xotira va qadrlash kuni"ga bag'ishlab uzoq yillar ishlagan mehnat faxriylari S.A.Vasilyeva, T.M.Butkeyeva va E.I.Gamolinalar uylariga tashrif buyurishdi.

Bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

29-04-2022 | 23:25

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining kichik faolar zalida Samarqand viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Begzod Raxmatullayev boshchiligidagi hokimiyat vakillari bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

ITNT-2022 mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘z faoliyatini boshladi.

29-04-2022 | 23:17

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikdagi 2022-yilning 29-30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Axborot texnologiyalari, tarmoqlar va telkommunikatsiyalar” - ITNT-2022 mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘z faoliyatini boshladi.