Yangiliklar

Bayrog‘im – faxrim, g‘ururim!

18-11-2019 | 10:38

18 noyabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun. Davlat bayrog‘i O‘zbekiston davlat suverenitetining ramzidir. Ayni kunlarda Mamlakatimiz bo‘ydab Davlatimiz ramzi hisoblangan bayorog‘imizning 28 yilligi keng nishonlanmoqda.

TATU xodimi Yaponiyada JICA va FUJITSU kompaniyalari trening kurslarida ishtirok etmoqda

18-11-2019 | 08:23

Hozirgi kunda elektron hukumat tizimini takomillashtirish maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yangi loyihalar va xizmatlar yaratilib, keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda. Interaktiv xizmatlarni taqdim etishning imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qodir bo'lgan mukammal elektron davlat boshqaruv apparatini yaratish bu boradagi ilg’or mamalakatlar, xususan, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Avstraliya va boshqa davlatlar tajribasini o’rganish, uni mamlakatimiz elektron hukumat tizimiga joriy etishga bog’liq.

Erasmus+ NICOPA loyihasi bo‘yicha Berlin Texnika Universiteti bilan hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda

16-11-2019 | 04:48

Hozirgi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida professor-o‘qituvchilar tomonidan qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish sohasida “Qishloq xo‘jaligi uchun yangi va innovatsion kurslar yaratish (NICOPA)” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha 2018-2021 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda loyihaga oid ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Toshkent shahar Olmazor tumani filialida Xalq ta’limi vazirligi xodimlariga sertifikatlar topshirildi

14-11-2019 | 11:51

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martda ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, shundan 3-tashabbus “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida, mamlakatimizda madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratilib, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportga jalb etishga katta e’tibor qaratilgan.

TATUda “Mamlakatimizda siyosiy-huquqiy islohotlar jarayonida oliy ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi

14-11-2019 | 11:43

Joriy yilning 14 - noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Mamlakatimizda siyosiy-huquqiy islohotlar jarayonida oliy ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar filialida “Al-Xorazmiy avlodlari” musobaqasi o‘tkazildi

13-11-2019 | 07:59

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 19-martda ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, shundan 3-tashabbus “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi vazifalarni amalga oshirish maqsadida, mamlakatimizda madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratilib, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportga jalb etishga katta e’tibor qaratilgan.