Yangiliklar

“Men yosh ixtirochiman” shiori ostida ko’rik tanlov o’tkazishdi

11-04-2022 | 10:09

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kopmyuter injiniringi fakulteti professor-o’qituvchilari Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 56-ixtisoslashitirilgan davlat umumta’lim maktabida “Men yosh ixtirochiman” shiori ostida ko’rik tanlov o’tkazishdi

Buyuk sarkarda hamda davlat arbobi Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan Dasturiy injiniring fakulteti tytorlari talaba-yoshlar bilan "Temuriylar tarixi, davlat muzeyi"ga ekskursiya uyushtirildi.

09-04-2022 | 17:09

Ekskursiya yosh avlodlarga ma’naviy ozuqa berish bilan birga ularda vatanga muhabbat, ajdodlarga hamda boy tariximizga bo’lgan faxr tuyg’ularini oshirishga xizmat qilmoqda. Tashkil etilgan ekskursiyadan talaba yoshlar katta taassurotlar bilan qaytdilar!

2022-yil 9-aprel SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUDINING 686 YILLIGI

09-04-2022 | 15:37

Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel Shahrisabz, Kesh shahri yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor qishlogʻi(hozirgi Yakkabogʻ tumani)da tug'ilgan va 1405-yil, 18-fevral Xitoyga yurishi chog'ida Oʻtror shahrida vafot etgan. Amir Temur oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi hisoblanadi.

Жорий йилнинг 8 апрел куни Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети Хотин-қизлар кенгаши томонидан "Оила мустахкамлигини таъминлаш омиллари" ҳамда "Оила муқаддас даргоҳ" мавзусида маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди.

09-04-2022 | 09:39

Тадбирда “Маърифат” тарғиботчилар жамияти азоси, фалсафа фанлари доктори, профессор, Халқаро тоифадаги спикер, “Меҳнат Шухрати” Ордени соҳибаси Шермухамедова Жамила Ташпулатовна, Юнусобод Тумани Маҳалла ва Нуронийларни қўллаб-қувватлаш бўлими бошлиғининг кексалар ишлари буйича маслахатчиси Ашрапова Икболхон Кутбитдиновна, "Шухрат" медали соҳибаси Акрамова Феруза Акмаловнани қатнашдилар.

Етук малакали кадрлар ва электрон таълим ресурсларини жорий этишда амалий ишлар қилинмоқда

08-04-2022 | 09:13

Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети Қарши филиали битирувчи талабаларни бандлигини таъминлаш мақсадида, “Умумтаълим мактабларини етук малакали кадрлар билан таъминлаш ва электрон таълим ресурсларини жорий этиш” мавзусида давра суҳбати бўлиб ўтди.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat kengashi bilan memorandum imzolandi.

08-04-2022 | 09:06

Memorandumdan asosiy maqsad yangi avlod kadrlarini siyosiy jihatdan yetuk, vatanparvar, partiyaviy ishlarni tashkil etish masalalarida davr talabiga javob bera oladigan, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash hamda ularni joy joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatni barpo etish jarayoniga jalb etishdan iboratdir.