Yangiliklar

Professor-oʻqituvchilar va doktorantlar diqqatiga!

17-09-2019 | 05:34

Sizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.T.07.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarga taklif etamiz.

Innovatsion rivojlanish vazirligi “Germaniyada tadqiqotlar” vebinarlariga taklif etamoqda

13-09-2019 | 14:00

Sunʼiy intellekt sohasida tadqiqotlar olib bormoqchimisiz yoki olib borayotgan tadqiqotingiz yordamida tadbirkor boʼlmoqchimisiz?

Jurnalistlar diqqatiga!

06-09-2019 | 09:12

2019 yil 4 sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududida kantselyariya va boshqa shu kabi narsalar savdosi bilan shugʼullanuvchi xususiy tadbirkor А.T.Аbduvaxidov va uning 5 nafar oila aʼzolari universitet bosh binosi oldida qonunga zid ravishda “namoyish” oʼtkazdilar. Ular TАTU rektorini ularning tadbirkorlik faoliyatlariga toʼsqinlik qilayotganini roʼkach qilib chiqishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoroliklar borasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti BAYONOTI

06-09-2019 | 08:54

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyatiga talabalarning A.T.Abduvaxidov tomonidan savdo qilinayotgan qog‘oz va turli kanselyariya tovarlari narxlari boshqa do‘konlardagi narxlarga nisbatan qimmatligi borasida bir necha bor murojaatlar kelib tushgan.

E'lon

06-09-2019 | 06:29

Universitetda Yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi o‘tkaziladi.

Talabalik muborak!

04-09-2019 | 05:52

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 4 sentyabr kuni 1-kursga qabul qilingan talabalarni tantanali kutib olish marosimi oʻtkazildi. Marosimda universitet rektori T.Teshabayev, barcha prorektorlar, fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari, universitetda koʻp yillar faoliyat yuritgan professor-oʻqituvchilar ishtirok etdilar. Biz barcha 1-kursga qabul qilingan talabalarni tabriklab, oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!!!