Yangiliklar

Universitetimiz faol yoshlari O’rta osiyoda joylashgan eng katta IT academiya hisoblanadigan Astrum Academy ga tashrif buyurdi.

12-04-2022 | 12:45

U yerda yosh dasturchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, Astrum va TATU talabalari ortasida aloqalarni kuchaytirish, turli musobaqalar va kiber sport kechalari tashkil etish takliflarini berishdi.

Muhhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot universitetida ITWomen.Uz loyihasining uchinchi bosqichi boshlanadi!

12-04-2022 | 12:39

Joriy yilningl 11-aprel kuni ayollarni IT sohasiga jalb etishga qaratilgan ITWomen.uz loyihasining uchinchi bosqichi boshlanadi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda loyiha doirasida 20 nafar qizlar qamrab olindi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Radio va Mobil aloqa fakulteti talabalarini dam olish kunlari vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida 2-TTJda"Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

11-04-2022 | 11:59

Ushbu o'yinda 6 ta jamoa ishtirok etdi. Ular: Ideal jamoasi, Aloqachilar jamoasi, Zulfiyaxonim qizlari jamoasi, Exclusive jamoasi, TUIT Mobil jamoasi, al-Xorazmiy jamoalari qatnashib o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. O‘yin mantiqiy, siyosiy, tarixiy blits-savollarga boy bo'ldi. 🥇TUIT Mobil jamoasi 🥈Zulfiyaxonim qizlari jamoasi 🥉Exclusive jamoasi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yunusobod tumanidagi 21-sonli umumta’lim va Yashnobod tumandagi 151-sonli umumta’lim maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

11-04-2022 | 10:17

O‘quvchilarni Kompyuter injiniringi fakulteti, Informatika asoslari kafedrasi universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi hamda bugungi kunda maktab o‘quvchilari uchun axborot texnologiyalari sohasida qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida ham ma'lumotlar berib o'tdi. O‘quvchilarga qisqacha ekskursiya uyushtirilib, universitet istiqbollari haqida so'zlab berildi.

“Men yosh ixtirochiman” shiori ostida ko’rik tanlov o’tkazishdi

11-04-2022 | 10:09

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kopmyuter injiniringi fakulteti professor-o’qituvchilari Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 56-ixtisoslashitirilgan davlat umumta’lim maktabida “Men yosh ixtirochiman” shiori ostida ko’rik tanlov o’tkazishdi

Buyuk sarkarda hamda davlat arbobi Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan Dasturiy injiniring fakulteti tytorlari talaba-yoshlar bilan "Temuriylar tarixi, davlat muzeyi"ga ekskursiya uyushtirildi.

09-04-2022 | 17:09

Ekskursiya yosh avlodlarga ma’naviy ozuqa berish bilan birga ularda vatanga muhabbat, ajdodlarga hamda boy tariximizga bo’lgan faxr tuyg’ularini oshirishga xizmat qilmoqda. Tashkil etilgan ekskursiyadan talaba yoshlar katta taassurotlar bilan qaytdilar!