Yangiliklar

“Iqtisodiyotning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati” mavzuidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani dasturi

07-03-2019 | 12:57

Avval xabar berganimizdek, 2019-yil 14-15 mart kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Iqtisodiyotning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati” mavzuidagi Respublika ilmiy-texnik anjumanini oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Sen aziz va muqaddassan ayol!

07-03-2019 | 08:52

7 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan tantanli madaniy tadbir tashkil etildi.

Rektor tabrigi!

07-03-2019 | 08:12

Yurtimizda yangilanish va yasharish fasli – bahor nafasi urishi bilan, ayollar har qachongidanda koʻproq qadrlana boshlaydi. Xalqaro miqyosdagi keng nishonlanadigan xotin-qizlar kuni yurtimizning har bir goʻshasida, muassasa va tashkilotlarda, mahalla va xonadonlarda oʻz aksini koʻrsatadi.

Talabalar diqqatiga!!! “Televizion texnologiyalar” fakulteti tashkil etilganining 10 yilligiga bagʻishlangan fotokonkurs oʻtkaziladi

05-03-2019 | 11:45

Fotokonkursga fotorasmlarni A4 formatda bosma va elektron shaklda TTI kafedrasi B303-xona A.Chorshanbiyevga soat 15.00 dan 17.00 gacha taqdim etishingiz mumkin.

Huawei kompaniyasi ishga taklif etadi!

04-03-2019 | 12:59

Huawei kompaniyasi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda: - Simsiz aloqa mahsulotlari menejeri - Loyiha boshqaruvchisi - Bosh hisobchi; - Yordamchi (Xitoy tilida so’zlasha oladigan) Ushbu sohalar bo’yicha yetarli bilim va tajribaga ega bo’lgan hamda ingliz tilini yaxshi bilgan mutaxassislar taklif etilmoqda. O’zingiz haqingizdagi ma’lumotni dinara.yunusova@huawei.com elektron manzili orqali yuborishingiz mumkin. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti dekani TATU rektori maslahatchisi etib tayinlandi

02-03-2019 | 09:57

2019-yilning 1-martidan Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universitetining (BDIRU) texnika fanlari nomzodi, dotsent Sirelchuk Igor Nikolayevich TATU rektori maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.