Yangiliklar

Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti (NCUT) vitse-prezidenti Wang Jianwen boshchiligidagi delegatsiya TATUga ilk bor tashrif buyurishdi.

Menu | 20-07-2024 | 09:25

Texnologiya sohasida Xitoyning yetakchi universitetlardan biri bo'lgan Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti va TATU o'rtasida joriy yilning boshida hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida anglashuv memorandumi imzolangan edi. Ikki universitet o'rtasida kelgusidagi istoqbolli rejalar, xususan, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish, qo'shma ilmiy loyihalar va konferensiyalarni yo'lga qo'yish bo'yicha muhokamalar olib borildi.

TATU talabalari dunyo universitetlar reytingida TOP-300dan joy olgan Xitoyning Xi’an Jiaotong universitetiga "Summer Camp" dasturi doirasida yetib borishdi.

Menu | 20-07-2024 | 09:23

Endilikda talabalar bir hafta davomida universitetning taniqli professorlaridan ma'ruzlar tinglab, muloqotda bo'lishadi, BYD va Shaanxi Automobile Holdings kabi yuqori texnologiyali Xitoy kompaniyalariga tashrif buyurishadi, xalqaro talaba-yoshlar bilan madaniyat almashinuvi maqsadida davra suhbatlari, sport musobaqalari o'tkazishadi va qadimiy Sian shahrining diqqatga sazovor tarixiy joylariga tashriflar amalga oshiriladi.

TATUda navbatdagi talabalar va fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Menu | 19-07-2024 | 09:27

🗒 Ushbu qabul jismoniy va yuridik shaxslarni tinglash, muammolarini o'rganib, ularni ijobiy hal etishni yanada samarali tizimini tashkil etish maqsadida har haftaning payshanba kuni murojaatchilarni qabul qilish orqali yo‘lga qo‘yilgan.

Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘z tizimida inklyuzivlikni ta’minlashga qaratilgan ishlarni davom ettirish maqsadida imkoniyati cheklangan shaxslarni ishga taklif etadi.

Menu | 19-07-2024 | 09:24

Sizni raqamlashtirish sohasida mavjud 100 tadan ortiq turli xildagi analitik, dasturlovchi, o‘qituvchi, muhandis va boshqa yo‘nalishlar kutmoqda.

Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi 2024/25-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kursiga qabul e’lon qiladi.

Menu | 19-07-2024 | 09:22

Mazkur oʻquv kurslariga joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 2-kursini bitirib, uchinchi kursiga o‘tgan, akademik qarzdorligi bo‘lmagan talabalar saralash asosida qabul qilinadi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga rektor tashrif buyurdi.

Menu | 19-07-2024 | 09:19

👥 2024-yil 17-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori prof. Baxtiyor Maxkamov Samarqand filialiga tashrif buyurdi.  Rektor filial o‘quv binosi, auditoriya xonalarning jihozlanganligi va ulardan foydalanish darajasi bilan tanishdi.  Shu bilan birga yangi 2024-2025 o‘quv yiliga  tayyorgarlik holati o‘rganildi va tahlil qilindi.