Delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari R.Karimjonov boshchiligida kutib olindi. Ushrashuv davomida O‘zbekistonda IT ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’lim olishlari uchun davlat dasturlari bo‘yicha fikr almashildi.
Harbiy sohaga zamonaviy ilmiy texnik innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ratsionalizatorlik ishlanmalarni keng joriy qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 2,3,4 may kunlari Toshkentdagi G‘alaba bog‘i hududida “MSITF” Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
29-apreldan 4-mayga qadar Bunyodkor akademiyasi maydonlarida Toshkent shahar va poytaxt viloyati OTMlari o’rtasida Coca-Cola Students Cup musobaqasi bo’lib o’tmoqda.
Tadbirni Belarus Taʼlim vaziri Andrey Ivanes, Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Oʻzbekistonning Belarusdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Rahmatulla Nazarov ochib berdilar.
Loyiha 1 milliondan ziyod talablarni 60 dan ortiq tadbirlar bilan qarshi oladi.
🛡 29-aprel–1-may kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan Birinchi O‘zbekiston-Belarus professional taʼlim forumining ilk kuni doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) tomonidan "BDIRU oldidagi xizmatlari uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.