Talabalar ijodidan lavhalar

  • Home
  • Talabalar ijodidan lavhalar
"O’zbekiston”

Buyuk yurtim xumoligim O’zbekiston
Sening noming yuraklarda jo’sh urar har on
Tanitamiz seni dunyoga ishon
O’zbekiston, O’zbekiston jonajon makon!

Barchaning havasi keladi bizga
Serquyosh yurtim O’zbekistonga
Bog’lari bo’ston
Hayoti jannat
Hur quyosh yurtim O’zbekistonga

Tarixida o’tgan minglab dono
Kelajak ham bundan bo’lmas mustasno
Shul sabab tarixiga qo’yamiz bino 
Shu so’zimdan topingki kuchli bir ma’no
Tibbiyotni kashf etgan buyuk Sino 
Yulduzlarni zabt etgan Ulug’bek Mirzo

Navoiyni eslatmasam yuragim tinmas
Navoiyni eslatmoq juda qiyin emas
Har bir shaxs Navoiyga qiladi havas
Navoiysiz adabiyot tan olinmas.

Shu onda yurakda yonadi g’urur
Eslatib o’zini sohibi Amur
Shonli deb ta’riflamoq deb bildim zarur!
Mag’lubiyat bilmas bu buyuk Temur
Tuzuklari bor dunyoga mashhur

Undan dars oladi dunyoyu jahon
Shu tariqa buyukdir O’zbekiston
Faxrlanaman farzandingman sening
O’zbekiston yurtim makonim mening
Dunyo tan oladi olajak jahonim mening.