AQShlik mutaxassis Webster Universiteti professori Heather Gordon ishtirokida “Moliyaviy menejmentning zamonaviy usullari”ga doir ma’ruza va amaliyot darslari onlayn tarzda boshlandi.

  • Home
  • AQShlik mutaxassis Webster Universiteti professori Heather Gordon ishtirokida “Moliyaviy menejmentning zamonaviy usullari”ga doir ma’ruza va amaliyot darslari onlayn tarzda boshlandi.

Joriy yilning 27-aprel kunidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “AKT sohasida iqtisodiyot” kafedrasining professor-o‘qituvchilari va magistrantlari uchun “TATUda AQSh universitetlari magistraturasini o‘qitish texnologiyalari transferi” loyihasi doirasida AQShlik mutaxassis Webster Universiteti professori Heather Gordon ishtirokida “Moliyaviy menejmentning zamonaviy usullari”ga doir ma’ruza va amaliyot darslari onlayn tarzda boshlandi.

Ma’ruza doirasida moliyaviy menejment, qiymatni shakllantirish, moliyaviy tahlil, risklarni tahlil qilish va boshqarish, moliyaviy hisobotlar, fond birjalarida amaliyotlar kabi mavzular o‘tilishi rejalashtirilgan. Bugungi ma’ruza darsida moliyaning mohiyati, uning vazifalari, tamoyillari, moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy jihatlari yoritib berildi.