O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1996 yil 20 maydagi 175-sonli buyrug‘iga asosan muhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil etildi. Toshkent Elektrotexnika aloqa institutiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi berilishi munosabati bilan 2003 yil 1 fevraldan “Iqtisod va boshqaruv” fakulteti deb o‘zgartirildi. 2013 yildan boshlab esa “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” fakultetiga o‘zgartirildi.
Fakultet bitiruvchilari aloqa sohasining rejalashtirish-iqtisodiy bo‘limlarida, ishlab chiqarish-texnik xizmatlarida, aksiyadorlik va xususiy korxonalarda, loyihalashtirish tashkilotlari va ijtimoiy sohada, shuningdek transport sohasida faoliyat yuritadilar. 2022 yil 26 dekabrdan fakultetni iqtisodiyot fanlari doktori Saitkamolov Muхammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li boshqarib kelmoqda.
Fakultet ma’muriyati:
AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani
Saitkamolov Muхammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha)
Telefon: (+99871) 238-64-09
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini
Nurmuxamedova Dilfuza Irkenovna
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha)
Telefon: (+99871) 238-64-35
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini
Zaripov Alisher Muxammatovich
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha)
Telefon: (+99871) 238-64-35
Fakultetning bakalavriatura yo‘nalishlari
60611200
AKT sohasida iqtisodiyot va menejment.
60310500
Raqamli iqtisodiyot.
60412800
Elektron tijorat.
61011000
Logistika injiniringi.
Fakultetning magistratura mutaxassisliklari
70310501
Raqamli iqtisodiyot.
70412801
Elektron tijorat.
70711701
Logistika(Raqamli logistika)