Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish Markazi

Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish Markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yilning 7 fevralidagi 33-sonli Qarori asosida tashkil qilindi. Markaz tarmoq profilidagi ilmiy muassasa hisoblanadi, unda quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi: murakkab tizimlarda modellashtirish, optimallashtirish va boshqarish; ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish va qaror qabul qilish; signallar va tasvirlarga ishlov berish. Markazning eng muhim vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • yirik ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ekspertizasida qatnashish
  • iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalari uchun axborot tizimlari va dasturiy vositalar yaratish va ularni rivojlantirish bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish
  • ishlab chiqarish korxonalarining aniq buyurtmalari asosida dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar ishlab chiqarish bo‘yicha texnik topshiriqlar va shartlarni ishlab chiqish
  • iqtisodiyotning real sektori korxonalarida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va qo‘llash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda ilg‘or xorijiy texnologiyalarni qo‘llash va ulardan foydalanish
  • korxonalarda qo‘llanilgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarning texnik qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash
  • dasturiy mahsulotlarning xorijga eksport qilinishini tashkillashtirish
  • oliy darajadagi malakaga ega bo‘lgan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash

Markazning rasmiy veb-sayti