TATUda AQSHning Webster universiteti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

  • Asosiy
  • TATUda AQSHning Webster universiteti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

20-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida AQSHning Webster universiteti katta vitse-prezidenti va bosh ijrochi direktori Julian Z. Shuster, Innovatsion xodim va yangi biznes bo'yicha boshliq va vitse-prezident Djon Payl, TATU rahbariyati hamda TATUda AQSHning Webster universiteti “Biznes boshqaruvi (MBA)” magistratura yoʻnalishiga oʻqishga xujjat topshirgan talabalar oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad - TATUda AQSHning Webster universiteti “Biznes boshqaruvi (MBA)” magistratura yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilish jarayoni bilan tanishish, xujjat topshirayotgan talabalar bilan uchrashish, ular bilan taʼlim jarayoni haqida suhbatlashib olish hisoblanadi. Bundan tashqari, Toshkent shahrida AQSHning Webster universiteti filialini tashkil etish va 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab abituriyentlarni qabul qilinishini yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama etish ham koʻzda tutilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan AQSHning Vebster universiteti (Webster University, George Herbert Walker School of Business and Technology) Master of Business Administration (MBA: Biznes boshqaruvi magistratura yoʻnalishi) oʻquv dasturi asosida “Loyihalarni boshqarish” yoʻnalishiga talabalarni qabul qilish jarayoni boshlangan va oʻqishga qabul qilish davom etmoqda.

Qabul haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

TATU matbuot xizmati