Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv jarayoniga joriy etilgan axborot tizimlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv jarayoniga joriy etilgan axborot tizimlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi "Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1942-son, hamda 2013 yil 27 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-1989-son qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasa axborot axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, hamda yanada rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida 2016 yilning 24 fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv jarayoniga joriy etilgan axborot tizimlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ta’lim jarayonida quyidagi axborot tizimlari joriy etilgan:

-e-dekanat– avtomatlashtirilgan axborot tizimi;

-Edutest.uz – bilimlarni baholash va xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish korporativ test tizimi;

-"C++ dasturlash tili” va "Informatika” fanlaridan onlayn baholash tizimi;

-eTUIT - universitetning virtual ta’lim tizimi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joriy etilgan elektron axborot tizimlari haqidagi taqdimotda Toshkent shaxridagi Oliy ta’lim muassasalarining rektorlari, axborot texnologiyalariga mas’ul prorektorlari va axborot markazlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Ushbu seminarda o‘quv jarayonini tashkil etish va monitoringini yuritish axborot tizimi – elektron dekanatning imkoniyatlari va qulayliklari namoyish etildi.

 

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv jarayoniga joriy etilgan axborot tizimlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi

 

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv jarayoniga joriy etilgan axborot tizimlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi

 

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv jarayoniga joriy etilgan axborot tizimlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi

 

TATU "Kamolot" YoIH BT