TATUda tantanali tadbir

  • Asosiy
  • TATUda tantanali tadbir

4 dekabr Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yillik bayrami munosabati bilan tantanali tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori H.A.Muxitdinov yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati haqida qisqacha gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng, Gumanitar fanlar kafedrasi professori Tulenova Gulmira Jandarovna – "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – demokratik islohotlarning mustahkam negizi” mavzusida, shu kafedra katta o‘qituvchisi Bobojonov Xasan Baxtiyorovich - "Konstitutsiyalar tarixi – dunyo va O‘zbekiston tajribasi” mavzusida ma’ruza qildilar. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan "Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan TATU Maxsus fakultetining boshliq o‘rinbosari Qutlimuratov Mirza Jullibaevich ga rektor tomonidan tashakkurnoma bildirildi. Shu bilan birga, AKTsIvaMF Menejment va marketing kafedrasi professori Qodirov Abdurashid Abdumajidovich, Energiya ta’minlash tizimlari kafedrasi dotsenti Mamatkarim Sapaev, Audioviziual texnologiyalar kafedrasi assistenti Gulshan Qayumova, Oliy matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi Igamberdiev Karimberdi Abdullaevich, Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi dotsenti Jabborov Shuxrat Yuldashevich, Kompyuter injiniring fakulteti Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti Zaynuddinova Dilfuza Baxodirovna, Gumanitar fanlar kafedrasi professori Tulenova Gulmira Jandarovna, Gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Bobojonov Xasan Baxtiyorovich lar ham tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

 

TATUda tantanali tadbir

 

TATUda tantanali tadbir

 

TATUda tantanali tadbir

 

TATUda tantanali tadbir

 

TATUda tantanali tadbir