Stipendiantlarni tabriklaymiz!

  • Asosiy
  • Stipendiantlarni tabriklaymiz!

2017-2018-o’quv yili yakunlariga ko’ra, TATUning 4 nafar talabasi a’lo o’qishlari va ilmiy yo’nalishdagi samarali faoliyatlari uchun iqtidorli talabalar uchun ta’sis etilgan Beruniy hamda Islom Karimov Davlat stipendiyalari bilan taqdirlandilar.

6 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirda stipendiya sertifikatlari tantanali ravishda o’z egalariga topshirildi. Jumladan,

Beruniy Davlat stipendiyasiga:

1. Radio va mobil aloqa fakulteti 424-15 guruhi talabasi Nurbek Davronbekov

2. Telekommunikatsiya fakulteti 410-15 guruhi talabasi Kamilla Sherjanova

3. AKT sohasida iqtisod va menejment fakulteti 132-15 guruhi talabasi Jasurbek Bahodirov

Islom Karimov Davlat stipendiyasiga:

1. AKT sohasida iqtisod va menejment fakulteti 132-15 guruhi talabasi Ma’murjon Shuxratov

Biz ushbu davlat stipendiyasi sohiblarini erishgan yutuqlari bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!