TATU talabalariga Janubiy Koreyadan kelgan professor dars o'tishni boshladi

Joriy yilning 1-aprelidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalariga Janubiy Koreyaning Kosin universiteti professori Kie-Hyuk Shin «Strategik menejment» fanidan dars berishni boshladi.


Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, Janubiy Koreyaning bir nechta universitetilarida faoliyat olib borgan Kie-Hyuk Shin juda ko‘p ilmiy asarlar muallifi bo‘lib, korxonalarni boshqarishda strategik yondoshuv, uning rivojlanishiga marketingning ta’siri, PR bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi.

TATU matbuot xizmati