TATU xodimlari "ORACLE KOMPANIYASI" bilan hamkorlik qilish bo'yicha kelishib olishdi

  • Asosiy
  • TATU xodimlari "ORACLE KOMPANIYASI" bilan hamkorlik qilish bo'yicha kelishib olishdi

ORACLE kompaniysi taklifiga asosan Muhammad Al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti axborot texnologiyalari kafedrasi katta o'qituvchisi T.Xo'jaqulov va kompyuter injiniringi fakulteti dekani muovini X.Jiyanbekovlar ORACLE kompaniyasiga tashrif buyurib, kompaniya dasturiy mahsulotlarini ishlab chiquvchilari va bir necha yo'nalishlar bo'yicha bosh menejerlari bilan uchrashib, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va dunyo bozoriga chiqishda hamkorlik qilish, Universitetda ochilgan ORACLE ACADEMIYAsini yanada rivojlantirish, talabalarni bilimini oshirishda so'ngi dasturiy ta'minotlardan foydalanishni yo'lga qo'yish va universitetni dunyoda tanitish hamda bir necha yo'nalishlar bilan hamkorlik qilish, universitetda ORACLE laboratoriyasini ochish bo'yicha kelishib oldilar.


Bundan tashqari, ORACLE kompaniyasi mutaxassislariga O'zbekistonda bo'layotgan AKT sohasidagi tub o'zgarishlar yaqindan tanishtirilib, yaqinda prezidentimiz tashabbuslari bilan ochilga IT PARK faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi hamda kompaniyani hamkorlikda ishlashga taklif etdilar.

TATU matbuot xizmati