AKT sohasida Kasb Ta’limi fakultetining “Eng yaxshilar taqdirlanadi” tadbir marosimi bo’lib o’tdi

  • Asosiy
  • AKT sohasida Kasb Ta’limi fakultetining “Eng yaxshilar taqdirlanadi” tadbir marosimi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 15-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining AKT sohasida Kasb Ta’limi fakulteti tashabbusi bilan “Eng yaxshilar taqdirlanadi” tadbir-marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbir o’tkazilishidan asosiy maqsad – faol yoshlarni rag’batlantirish va shu orqali barcha talabalarni tashabbuskorligini oshirishdir.



Tadbirda fakultet dekani, dekan yordamchilari, fakultet o'qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi. Fakultetning “Eng namunali talaba”, “Eng a’lochi talaba”, “Eng tashabbuskor talaba”, “Yilning eng yaxshi guruh sardori” “Yilning eng namunali guruhi”, “Yilning eng yaxshi yetakchisi”, “Yilning eng yaxshi dasturchisi”, “Yilning eng yaxshi bitiruvchisi” kabi nominatsiyalarda iqtidorli talabalari taqdirlandi. G’oliblarga diplom hamda estalik sovg’alari topshirildi.

TATU matbuot xizmati