TATU talabalariga fransiyalik professor dars o‘tishni boshladi

  • Asosiy
  • TATU talabalariga fransiyalik professor dars o‘tishni boshladi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Dasturiy injiniring” fakulteti talabalariga dars o‘tish uchun Fransiyaning Troyes texnologiya universiteti professori Ahmed Seffah tashrif buyurdi.


Darslarni 1-22 aprel kunlari o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, professor Ahmed Seffah “Dasturiy injiniringga kirish” va “Inson va kompyuter o‘zaro ta’siri” fanlaridan dars o‘tishi ko‘zda tutilgan.

TATU matbuot xizmati