Yangiliklar

Respublika esselar tanlovida "Yangicha yondashv-yangicha dunyoqarash" nominatsiyasi bo'yicha g'olibi boʻldilar.

28-05-2022 | 15:10

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabasi Sultonmurotova Mashhura "Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!" Respublika esselar tanlovida "Yangicha yondashv-yangicha dunyoqarash" nominatsiyasi bo'yicha g'olibi boʻldilar. Talabamizning yutuqlari bilan filialimiz jamoasi nomidan muborakbod qilamiz.

SOVRIN JAMG‘ARMASI 100 000 000 SO‘M BO‘LGAN IT MARAFON 2022

27-05-2022 | 19:28

Diqqat!!! 29-may soat 11:00 da IT MARAFON 2022 sport dasturlash musobaqasining 2-final bosqichi bo'lib o'tadi. 2-final bosqichida faqat TATU va uning filiallaridagi 1 va 2-bosqich talabalari yakka tartibda qatnashishlari mumkin.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Adiblar xiyobonida professor o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

27-05-2022 | 18:38

Said Axmad va Saida Zunnunovalarning hayot yo'li, ijodi, erishgan yutuqlari hamda ularning o'zbek adabiyoti uchun qoldirgan boy me'rosi haqida yaqindan tanishtirdilar.

Belarus Respublikasining Vitebsk davlat universiteti bilan memorandum imzolandi

27-05-2022 | 17:15

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Belarus Respublikasining Vitebsk davlat universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi va ZOOM platformasi orqali mazkur universitet rektori V.Bogatiryova boshchiligidagi jamoa bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter Injiniringi” fakulteti “Multimedia texnologiyalari” kafedrasi tomonidan 21-sonli Mehribonlik uyida tashkil etilgan “Web dasturlash” to‘garagi yakuniga yetdi.

27-05-2022 | 13:43

Shu munosabat bilan to'garak qatnashchilarga sertifikat va esdalik sovg’alari topshirildi. So'ngra tarbiyalanuvchilarni universitet faoliyati bilan va Media markaz hamda Inkubatsiya markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatrida Oliy ta'lim muassasalari orasida tashkil etilgan "Yilning eng yaxshi talabalar teatr - studiyasi" tanlovi o'tkazildi.

26-05-2022 | 20:28

Tanlovga Respublika miqyosidagi barcha Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'z chiqishlarini namoyish etdi. Shuningdek, ushbu tanlovga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialining "TONG NURI" Talabalar teatr - studiyasi ham ishtirok etib, raqobatdoshlari orasida "ENG YAXSHI SPEKTAKL" nominatsiyasi bo'yicha 1-o'rinni egalladi.