Yangiliklar

🔥Sovrin jamg‘armasi 100 000 000 so‘m bo‘lgan IT MARAFON-2022ga start berildi.

30-03-2022 | 14:31

📣E’LON! 🔥Sovrin jamg‘armasi 100 000 000 so‘m bo‘lgan IT MARAFON-2022ga start berildi. Ushbu marafon 3 bosqichda o‘tkaziladi.

“Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va mualliflarning nashr ettirish faolligi” VI Milliy Ilmiy-ta’limiy forumi bo‘lib o‘tdi.

30-03-2022 | 13:38

Joriy yilning 29-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va mualliflarning nashr ettirish faolligi” VI Milliy Ilmiy-ta’limiy forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi

"Web Dasturlash" to'garagining navbatdagi "HTMLda shriftlar hajmi bilan ishlash" mavzusidagi darsi bo'lib o'tdi.

30-03-2022 | 10:41

Joriy yilning 28-mart kuni 21-sonli Mehribonlik uyida Kompyuter injiniringi fakulteti Multimedia texnologiyalari kafedrasi tomonidan tashkil etilgan "Web Dasturlash" to'garagining navbatdagi "HTMLda shriftlar hajmi bilan ishlash" mavzusidagi darsi bo'lib o'tdi.

Eramus+ dasturining CBHE DECIDE Developing Services for Individuals With Disabilities (nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish) loyihasi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi

28-03-2022 | 19:08

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot xavfsizligi kafedrasi mudiri G’ulomov Sherzod Rajaboyevich Ruminiyaning Brashov Translivaniya universitetida Evropa Ittifoqi Eramus+ dasturining CBHE DECIDE Developing Services For Individuals With Disabilities (Nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish) loyihasi doirasida tashkil etilgan seminarda ishtirok etib, maxsus sertifikatga ega bo‘ldi.

Yosh dasturchilar nufuzli xalqaro ICPC-2022 turnirida qatnashadi!

28-03-2022 | 11:36

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talaba-yoshlari startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi Inkubatsiya markazi rezidentlari ICPC (International Collegiate Programming Contest) Xalqaro turnirida yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali 3-bosqich talabalari o'rtasida ochiq suhbat bo'lib o'tdi.

28-03-2022 | 11:26

Joriy yilning 4-mart kuni Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali katta majlislar zalida filial direktori A.Rasulov va ''Kompyuter injiniringi" fakulteti 3-bosqich talabalari o'rtasida ochiq suhbat bo'lib o'tdi.