Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

  • Startseite
  • Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i:

Botirov Fayzullajon Baxtiyorovich

Qabul vaqti:Seshanba – Payshanba (15:00-17:00)
Telefon: (+99871) 238-64-25
 
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi haqida

   O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining asosiy vazifalari belgilab berilgan.

Bo‘lim universitet talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib boorish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish hamda universitetni ichki atteastatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni universitet rektoriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining, Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’minlash departamentiga taqdim etish yuklatildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 72-son buyrug‘iga asosan Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining asosiy vazifa va funksiyalari takomillashtirilib qayta tasdiqlandi. Universitetda ta’lim sifatini nazorat qilish boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanib, uning asosiy vazifasi ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash va universitetdagi o‘quv jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida nazoratni tashkil etish bo‘yicha maqsadli va kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi.

Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari:

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • universitet va uning filiallarida kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringni olib borish;
  • talabalar bilimlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini hamda talabalarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish;
  • ta’lim sifatini ta’minlay oladigan professor-o‘qituvchilarni tarkibini shakllantirish, jumladan salohiyatli o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirishga imkon beradigan (obyektiv) shaffof tashkiliy mexanizmlarni yaratish;
  • professor-o‘qituvchilarni dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish;
  • universitetni ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
  • o‘quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va HEMIS tizmidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizmiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligini, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);
  • malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarining kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;
  • bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarini shakllantirish;
  • o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganib borish;
  • dars o‘tish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligini o‘rganib borish;
  • talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislik ta’minlanganligi bo‘yicha ko‘rilgan choralar samaradorligini aniqlash;
  • professor-o‘qituvchilarning malaka oshirganligi, dasturlariga fandagi yangiliklarning kiritilganligini o‘rganish;
  • professor-o‘qituvchilarga o‘quv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish;
  • axborot-resurs markazida talaba va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar bo‘yicha darsliklarning mavjudligi, talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish;
  • mustaqil ta’limni talab darajasida tashkil etilishini o‘rganish va tahlil qilish (yo‘riqnoma yoki uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqilishi, mustaqil ta’limni tashkil etish uchun talablarni qo‘yilishi va talablar yuklamasini shakllantirilishini ta’minlash);
  • universitetda plagiatga qarshi dasturlarni joriy etilishini ta’minlash (jumladan, akademik halollik tamoyillarini joriy etish va ko‘chirmachillikga qarshi ishlarni tizimli ravishda tashkil etish);
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshirig‘iga muvofiq, boshqa oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganishda ishtirok etish.