TUIT-Studierende sind Gewinner des internationalen Wettbewerbs „CECECO Clean Energy Hackathon 2026“

  • Startseite
  • TUIT-Studierende sind Gewinner des internationalen Wettbewerbs „CECECO Clean Energy Hackathon 2026“



Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “CECECO Clean Energy Hackathon 2026” xalqaro musobaqasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiniringi fakulteti talabalari Bokuda tashkil etilgan taqdirlash marosimida ishtirok etdilar.

⚡️Mazkur musobaqa Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Toza energiya markazi (CECECO) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Turkiya va O‘zbekistondan jami 207 ta innovatsion loyiha qatnashdi.

👀Hakamlar hay’ati tomonidan universitetimiz talabalari taqdim etgan “EcoSense” loyihasi yuqori baholanib, jamoa maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

💬G‘olib jamoa a’zolari:
• Feruzbek Baqoyev;
• Bobir Abdullayev

🌱Ushbu xalqaro yutuq TATU talabalarining “yashil energetika” va IT sohalaridagi bilimlarini amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llay olish salohiyati hamda ularning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini yana bir bor namoyon etdi.