“O‘zbektelekom” AK va TATU hamkorligida “Zamonaviy mobil aloqa tarmoqlari” o‘quv kursi dasturini ishlab chiqish

  • Startseite
  • “O‘zbektelekom” AK va TATU hamkorligida “Zamonaviy mobil aloqa tarmoqlari” o‘quv kursi dasturini ishlab chiqish

“O‘zbektelekom”AK va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida 2024-yil 10-sentabrda tuzilgan 17-son Hamkorlik Shartnomasiga muvofiq IT-mutaxassislar malakasini oshirish borasidagi o‘zaro manfaatli ishlarni davom ettirish maqsadida Kompaniyaning “Technical Maintenance and Skiils Hub” filiali (Filial) mutaxassis xodimlari hamda Universitetning Radio va mobil aloqa fakulteti Mobil aloqa texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Zamonaviy mobil aloqa tarmoqlari” mavzusidagi o‘quv kursi dasturi ishlab chiqildi.

Mazkur o‘quv kursi Mobil aloqa texnologiyalari kafedra mudiri, PhD A.Xayrullayev rahbarligida, kafedra katta o‘qituvchisi, o‘qituvchi-trener sifatida PhD. K.Votinov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2026-yilning 1-4-iyun kunlari tashkil etildi.

O‘quv kursi yakunida ishtirokchilar zamonaviy mobil aloqa tarmoqlariga oid dolzarb nazariy va amaliy bilimlarni egallab, o‘z kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirdilar hamda kurs dasturini muvaffaqiyatli tamomladilar. Mazkur tashabbus TATU va “O‘zbektelekom” AK o‘rtasidagi samarali hamkorlikning amaliy natijasi bo‘lib, kelgusida telekommunikatsiya sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash va o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.