O‘zbekiston–Yaponiya rektorlarining V forumi – ta’lim, innovatsiya va inson kapitali yo‘lida hamkorlik!

  • Startseite
  • O‘zbekiston–Yaponiya rektorlarining V forumi – ta’lim, innovatsiya va inson kapitali yo‘lida hamkorlik!

Joriy yilning 30–31-oktabr kunlari Samarqand shahrida “Bilim va jamiyatni bog‘lash: innovatsiyalar va inson rivojlanishiga oid fanlararo yondashuvlar” mavzusidagi O‘zbekiston–Yaponiya rektorlarining V forumi bo‘lib o‘tmoqda.

🏛Mazkur nufuzli anjumanda TATU rektori boshchiligidagi delegatsiya faol ishtirok etmoqda.

Forumda O‘zbekiston va Yaponiyaning oliy ta’lim vazirlari, shuningdek, 100 dan ortiq universitet rahbarlari ishtirok etishmoqda.

🧠Ushbu forum ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni mustahkamlash, innovatsiyalarni rivojlantirish va inson kapitalini yuksaltirish yo‘lida muhim platforma sifatida xizmat qilmoqda.

🚫 Ma’lumot uchun:
Forum doirasida TATU rektori bir qator panel muhokamalarida moderator sifatida qatnashishi, shuningdek, TATU va Yaponiya universitetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida B2B uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.