











🏛Joriy yilning 25 avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅An’anaga ko‘ra Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov professor-o‘qituvchilar va xodimlarni yubileylari, OAKdan ilmiy daraja diplomlari hamda tanlov g‘oliblarini alohida tabrikladilar.
Yubilarlar:
1. Qudratov Sultan Gulamovich – AKT va D kafedrasi dots.nti - 60 yosh
2. Maxamadiyeva Naima Akmalovna – Texnik foydalanish va xo‘jalik
bo‘limi farroshi – 60 yosh
3. Ergashev Abdunabi Karshibayevich O‘UB boshlig‘i – 60 yosh.
OAKdan olingan ilmiy daraja diplomlari va ilmiy unvon attestati
1. ATDT kafedrasi professori Nishonov Axram Xasanovich – professor ilmiy unvonini oldi;
2. Elektronika va radiotexnika kafedrasi mudiri Sattarov Xurshid Abdishukurovich – professor ilmiy unvonini oldi;
3. Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasi mudiri Ganiyeva Barno Ilxamovna - professor ilmiy unvonini oldi;
4. ATDT kafedrasi dots.nti Xudayberdiyev Mirzaakbar Xaqqulmirzayevich - texnika fanlari doktori ilmiy darajasini oldi;
5. ATDT kafedrasi assistenti Otaxonova Baxrixon Ibragimovna – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi;
6. ATDT kafedrasi katta o‘qituvchisi Egamberdiyev Nodir Abdunazarovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi;
7. Algoritmlash va matematik modellashtirish kafedrasi assistenti Narmanov Otabek Abdigapparovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi;
8. ATDT kafedrasi katta o‘qituvchisi Doshanova Malika Yuldashovna - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi;
9. Sun’iy intellekt kafedrasi assistenti Asqaraliyev Odilbek Ulug‘bek o‘g‘li – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi;
10. TBTAvaDT kafedrasi katta o‘qituvchisi Akmuradov Baxtiyor Uralovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi;
11. Kiberxavfsizlik va kriminalistika kafedrasi katta o‘qituvchisi Abdumalikov Akmaljon Abduxoliq o‘g‘li – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi;
12. Multimedia texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Safarov Shohruh Sharofovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi;
13. Axborot texnologiyalari katta o‘qituvchisi Mansurova Maxina Yashnarovna - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi;
14. Sun’iy intellekt kafedrasi assistenti Begmatov Shohruh Abduvahob o‘g‘li - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi;
15.Teleradioeshittirish tizimlari kafedrasi katta o‘qituvchisi Berdiyev Alisher Aliqulovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi;
Tanlov g‘olibi
Algoritmlash va matematik modellashtirish kafedrasi mudiri Mamadaliyev Husniddin – O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasidan “Bo‘lajak olim” tanlovida g‘olib bo‘lgan loyihasi uchun 487 062 000 so‘m mablag‘ bilan moliyalashtiriladi.





























Joriy yilning 19-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda ta’lim sifatini oshirish va yanada takomillashtirish, universtitetning dolzarb masalalari hamda 8-mart xotin - qizlar kuni, 21-mart «Navro‘z» umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish mavzusida to‘xtalib o‘tildi.
An’anaga ko‘ra Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov professor-o‘qituvchilar va xodimlarni yubileylari hamda OAKdan ilmiy daraja diplomlari, faxriy diplomlar, sertifikatlar, Xalqaro sertifikatlar va ilmiy unvon olganlar alohida tabrikladilar.
Sanginov Qobil Obidjonovich – xo‘jalik bo‘limi xodimi – 70 yoshga to‘ldilar.
OAKdan olingan ilmiy daraja diplomlari va ilmiy unvon attestatlari:
1. Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Normurodov Akbar Doniyorovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi;
2. Sun’iy intellekt kafedrasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Shukurov Kamoliddin Elbobo o‘g‘li - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini;
3. Multimedia texnologiyalari kafedrasi dotsenti v.b. Sadikov Rustamjon Tohirovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini;
4. Sun’iy intellekt kafedrasi katta o‘qituvchisi Azimov Bunyod Rahimjonovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini;
5. Multimedia texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Baxrieva Xurshida Asqarxodjayevna - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini;
6. SF dotsenti Nasrulloeva Nasiba Sadulloyevna – falsafa doktori ilmiy darajasini oldi (bular diplomlarini olib ketdilar, filial direktorida topshiradilar);
7. Chet tillari kafedrasi dotsenti Ibragimova Nayira Anvarovna - dotsent ilmiy unvonini oldi.
Shuningdek universitetimizda o‘tkazilgan “Yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda o‘qitishning zamonaviy tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-uslubiy anjumanda faol ishtirok etgan ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.
1. KIF - D.S.Yaxshiboev– 73 ta
2. DIF - O.B.Ro‘ziboev– 16 ta
3. KF - D.Ya.Irgasheva– 11 ta
4. TF - A.Sh.Shaxobiddinov– 22 ta
5. R va MAF - X.X.Nosirov– 14 ta
6. TTF - O.Narzullaev– 27 ta
7. TATU-BDIRU QATF - N.M.Mamatova– 2 ta
8. AKTsIvaMF - F.B.Botirov– 11 ta
9. AKTsKTF - K.Igamberdiev– 11 ta









✅Joriy yilning 19-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdan tashqari kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
📌Unda, 2022-2023-o‘quv yili uchun magistratura to‘lovlarini tasdiqlash, Oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash hamda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yangilab borish tartibi ko‘rib chiqildi.






Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining navbatdagi Kengash yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
✅Аnʼanaga koʼra professor-oʼqituvchilar va xodimlarni yubileylari, OАKdan ilmiy daraja diplomlari hamda tanlov gʼoliblarini alohida tabriklab o‘tildi.









TATUDA YIL SARHISOBIGA BAG‘ISHLANGAN NAVBATDAGI KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
💻Bugun, 22 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining katta majlislar zalida TATU Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda universitetning 5 ta hududiy filiallari ham onlayn ishtirok etdilar.
✅Kengashda kun tartibi bo‘yicha quyidagi masalalar ko‘rildi:
🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining tahlili
🟢Vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik
🟢O‘zR AT va KRV hamda O‘zRO va O‘MTV buyruq va farmoyishlari, topshiriq xatlarining bajarilishi
🟢TATU ARMning o‘quv materiallari bilan ta’minlanganlik holati
🟢Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti
🟢2022-2023 o‘quv yili kuzgi semestrining natijalariga ko‘ra fakultet va kafedralarda ijro intizomi holati
🟢Xalqaro hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limining 2022 yil hisoboti (erishilgan natijalar, yutuqlar) va turli masalalar.




